Angren Universiteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishi mt-104 guruh


Download 30.03 Kb.
bet7/15
Sana10.04.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1348653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
MT-104 Mirsodiqovashaxsning bilish jarayonlari

Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq.

  • Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to’rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi.

  • Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo’qday ko’rinadi.

  • Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.

    3 . Tafakkur haqida tushuncha.


    • 3 . Tafakkur haqida tushuncha.

    • Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning umumlashgan va bevosita usuli bo’lib, obektlar orasidagi bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.

    • Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.

    • Tafakkur jarayonida fikrlash operatsiyalariga: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash va sistemalashtirish kiradi.

    Download 30.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling