Angren Universiteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishi mt-104 guruh


Download 30.03 Kb.
bet6/15
Sana10.04.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1348653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MT-104 Mirsodiqovashaxsning bilish jarayonlari

sifat
davomiyligi
jadalligi
fazoviy lokalizasiyasi

Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo’lib, u ham sezgi a’zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi.


Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo’lib, u ham sezgi a’zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi.

  • Sezgilar uchun qo’zg’atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi qo’zg’atuvchining fazoda o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, ya’ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz qo’zg’atuvchining fazodagi o’rni haqida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar: taktil, og’riq, maza badanning qo’zg’atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog’liqdir.

  • Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari tarkibiga kirib, uning organi - ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi va undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan. Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko’rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo’lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko’zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko’z murakkab tuzilgan sezgi a’zosi bo’lib, u ko’z kosasida joylashgan va maxsus ko’z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko’zimizga ko’rinadigan har bir narsaning o’ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo’q, shuning uchun ham ular ko’zga ko’rinmaydi.

Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling