Angren universiteti
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin
Download 197.96 Kb.
|
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har bir shaxs o‘zi uchun iqtisodchidir.
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:
Ilk merkantilizm yoki monetarism (XV-XVI asr o’rtalari) Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o’rtalari). Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Har bir shaxs o‘zi uchun iqtisodchidir. Merkantilizm davri har bir shaxs o‘z – o‘zi uchun iqtisodchi degan aqida bilan xarakterlandi. 1500 – 1750 – yillardagi yozuvchilarning qarashlari, fikrlari xilma – xil bo‘lganligi sababli umumlashgan natijaviy adabiyot yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari, bir yozuvchi birgina mavzuga e’tibor qaratgan bo’lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va syntezlab keyingi iqtisodiy g’oyalarga turtki bo‘la oladigan fikrlarni yarata olmadi. Balki bu o‘sha davrda iqtisodiyot fan sifatida universitetlarda hali o‘z o‘rnini topmagani va faqatgina amaliyotchi odamlar tomonidan alohida olingan iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan izlanishlarining pamflet shaklidagi chop qilinganligi uchun shundaydir. Merkantilizm atamasi 1500 va 1750 yillar oralig‘ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyotiG’arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‘lsa ham, uning asosiy g’oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sxolastik iqtisodiy adabiyotlaro‘rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo’lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan.Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo’lib odatda savdogar tadbirkorlarni qiziqtirgan muammolarga bog’liq bo’lgan. Shu sababdan ularning xulosalarinig haqqoniyligiga va alohida munozalarning tahliliy ahamiyatiga shubha bilan qaraldi. Faqatgina qayrim yozuvchilargina ob’yektiv tahlil muammolaridan yetarlicha holi ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo’lsada, merkantilistik davr davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha bo‘lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi, va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib 1776 - yilda Adam Smit muallifligidagi “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot “ asariga asos bo’lib xizmat qildi. Download 197.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling