Angren universiteti


Download 416.5 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi416.5 Kb.
#1265244
Bog'liq
MUstaqil ish 1





ANGREN UNIVERSITETI
BTM 101-GURUHI
Abdukarimova Maftunaning
Mutaxasislikga kirish fanidan
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Abdukarimova Maftuna
Fan o’qtuvchisi: Fazliddinova M.
Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasi
DTSga muvofiq, boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan: ot, sifat, son, fe’l, kishilik olmoshi sintaksisdan: gap, ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘lak, uyushiq bo‘lak, undalma kabi tushunchalarni, so‘z yasalishidan: o‘zak, qo‘shimcha, o‘zakdosh so‘zlar kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. Grammatik tushunchalar so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksika, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. O‘qituvchi bu tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarishi, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini bilib olishi, bu jarayonning xususiyatlarini, tushunchani qanday sharoitda o‘zlashtirilishi samaraliroq bo‘lishini ko‘z oldiga keltira olishi kerak..
Boshlang‘ich sinflarda grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur.
Grammatik tushunchalardan so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) boshlang‘ich sinflarda soddadan murakkabga qarab, izchillik tizimida o‘rgatiladi. So‘z turkumlari ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy malakalari, kishilarning aloqa vositasi bo‘lmish tilning hususiyatlari, to‘g‘ri nutqning ahamiyati haqidagi bilimlari takomillashib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar va shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar:
Shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holatni bildiradigan so‘zlar;
Bu so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
So‘zlarni o‘zgarish-o‘zgarmasligi va doimiyligi;
Gapda qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilarni o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zlarni dastlab, javob bo‘ladigan so‘roqlariga qarab guruhlab, o‘rgatiladi. 3-sinfda ”So‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. Bunda o‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar: so‘z turkumining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe`lning gapdagi vazifasi bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Berilgan quyidagi jadvalda boshlang‘ich 1-4-sinflarda o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi ko‘rsatilgan:

So‘z tur-
kumlari

So‘z turkumlari bo‘yicha beriladigan bilimlar

1

2

3

4

5

6

7

Ot

Shaxs, narsa va joy nomini bildiradi.

Kim?, nima?, qayer? So‘roqlariga javob beradi.

Birlik va ko‘plikda qo‘llaniladi.

Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi

Kelishik qo‘shimchalari bilan turlanadi

Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Otlar yasaladi.

Sifat

Shaxs va narsaning belgisini bildiradi.

Qanday? Yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Birlik va ko‘plikda o‘zgarmaydi

Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Sifatlar yasaladi.







Son

Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi.

Necha? Yoki nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Birlik va ko‘plikda o‘zgarmaydi

Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Sonlar yasalmaydi







Olmosh

Kishilik olmoshlari shaxsni bildiradi va ot o‘rnida qo‘llanadi.

Kishilik olmoshlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Ular birlik va ko‘plikda bo‘ladi.

Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llaniladi.

Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida keladi.

Olmoshlar yasalmay-di.




Fe’l

Shaxs, narsaning harakatini bildiradi.

Nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? Kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.

Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi.

Shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi.

Uch zamonni bildiradi.

Gapda kesim vazifasida keladi.

Fe`llar yasaladi.

Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilarning shu vaqtgacha foydalanib kelgan so‘zlarining ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida ma’nodosh, turli ma’noni bildirgan so‘zlar ustida muntazam ishlab boriladi. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, eshitganlari, kitobdan o‘qiganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir qatorda, ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish katta samara beradi.
Ona tili darslarida so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratuvchi, quyidagi berilgan didaktik topshiriqlar fan bo‘yicha bilimlarni mustahkamlaydi, shu bilan birga pedagogikadagi fanlararo bog‘liqlik masalasini ham ijobiy hal qiladi:
1-topshiriq: berilgan beshta so‘zdan to‘rttasi bitta umumiy belgiga ega. Beshinchi so‘z ularga mazmunan mos kelmaydi. Uni topib belgilang. Tanlangan so‘zingiz raqamini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so‘zni va raqamni belgilang.
1.a) yurmoq; b) sakramoq; v) raqs tushmoq; d) o‘tirmoq; g) yugurmoq.
Bu yerda to‘rtta so‘z harakatni, faqat bittasi – o‘tirmoq harakatsizlikni bildiradi. Shuning uchun u ortiqcha.
2-topshiriq: juft so‘zlar berilgan. Ular uchun umumiy xususiyatni ifodalaydigan so‘zni toping. Bunda mavjud barcha umumiy xususiyatlardan imkon qadar shu ikki narsaga eng yaqin va xos xususiyatni topib yozish kerak. javobingizni so‘zlar juftligining yoniga yozing.
Misol: Archa-qarag‘ay; to‘g‘ri javoblar: “daraxtlar”, “doimiy yashil o‘simliklar”, “ninabargli daraxtlar”. Eng to‘g‘ri javob: “ninabargli daraxtlar”.
Otni o‘rgatish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda “OT” so‘z turkumini o‘rganish tizimi aniq izchillikda, bir-birini to‘ldirgan holda, berilayotgan bilim va mashqlar asta soddadan-murakkabga qarab maqsad tomon yo‘naltiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar otdan to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantiriladi.
Otning til hodisasi sifatidagi xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun beriladigan material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.
1-4-sinflarda otni o‘rganish vazifalari:
Ot haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
Kim? so‘rog‘iga javob bol`gan otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
Atoqli otlarni (kishilar ismi-sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar, ko‘cha va hakozolar) bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;
Otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan tanishtirish;
Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;
Otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
O‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini oshirish;
So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Yuqorida berilgan otni o‘rganish vazifalari o‘zaro bog‘langan holda bajariladi. Shu bilan birga, “ot” mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda otning faqat belgilari, nimani bildirishi, so‘roqlari o‘rganiladi. 3-sinfda otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Kichik yoshdagi bolalarni nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi ta`lim berish jarayonida otni o‘rganishning barcha bosqichlarida bajariladi. O‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatini o‘stirish grammatik bilimlarni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayonida amalga oshiriladi.
Savod o‘rgatish davridan boshlab, o‘quvchilarni otni o‘rganishga tayyorlab boriladi. Bu davrda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor berib, so‘zlarning ma’nosiga qarab guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Masalan, qushlar, meva va sabzavotlar, kiyim va buyumlarni va hakazo. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, grammatik tushunchani shakllantirish uchun so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi. O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, ularda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi va atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi.
O‘quvchilarni 2-sinfda otlarni atamasiz, leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilimlari chuqurlashtiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan o‘quvchilar 3-sinfda tanishadilar. Bu jarayonda o‘quvchilar: a) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash; b) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish; v) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llash murakkab jarayon bo‘lib, bu tushunchani 4-sinf o‘quvchilariga o‘rgatishdan avval ularga shaxs tushunchasini tanishtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda shaxs, narsaning kimgadir tegishli ekani, shu narsaning kimgadir qarashliligi, uning egasini bildirishini misollar bilan tushuntiriladi. Masalan: Bugun chizgan rasmim yaxshi chiqdi. Sening rasming qanday chiqdi? Odilning chizgan rasmi ham yaxshi chiqibdi.
Gaplarda berilgan rasmim, rasming, rasmi so‘zlarini tahlil qilib, o‘zak rasm ekani –im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlanadi. Shunda o‘qituvchi rasm va rasmim so‘zlarini taqqoslashni topshiradi va o‘quvchilar bu so‘zning qo‘shimchasi yuzasidan fikr yuritadilar, ammo bu ular uchun muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi. Ular bu borada aniq fikr bera olmaydilar, shunda o‘qituvchi bu vaziyatni xal qilish uchun o‘quchilarga tilda uchta shaxsni mavjudligi va ular: I shaxs – so‘zlovchi; II shaxs – tinglovchi; III shaxs – o‘zga ekanini, ya`ni, men — so‘zlovchi, sen – tinglovchi, u — o‘zga ekanligi va otning shu uch shaxslardan qaysi biriga tegishli ekanini qo‘shilgan qo‘shimchalar orqali aniqlanishi, o‘z navbatida ana shu qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari ekanligi, ular birlik va ko‘plikda qo‘llanishi haqida tushuncha beradi.
Misollar orqali egalik qo‘shimchalarining otlarga ikki usulda qo‘shilishi, ya`ni unli bilan tugagan otlarga –m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh bilan tugagan otlarga –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi haqida tushunchalar beradilar. O‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari yuzasidan egallagan ko‘nikmalarini shakllantirish uchun turli mashqlardan foydalaniladi. Masalan, matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasini shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxslarga qarashli ekanini aytish kabilar.
Keyingi bosqichda otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi o‘rgatiladi. Kelishiklar otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rganishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlash o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘z birikmalarini ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng, boshlanadi. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi otning gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi lozim.
Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi va bunday bog‘lovchi qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Ana shunday kelishiklardan oltita borligi, otlarga kelishik qo‘shimchalarini qo‘shilishi — turlanish deyilishini o‘rgatiladi. Bu tushunchalarni o‘quvchilarga gaplarni tahlil qilish jarayonida otning boshqa har xil so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog‘lanishini kuzatish orqali singdiriladi.
O‘quvchilarga kelishiklarni o‘rganishda qulaylikni ta’minlash uchun ularning xususiyatlarini quyidagi tartibda o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tarzda o‘rganish davomida o‘quvchilar kelishiklarni o‘zaro taqqoslab, ongli o‘zlashtiradilar:
kelishikni grammatik ma’nosi; so‘roqlari; qo‘shimchasi; gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar ularning muhim belgilarini bilishlari va bir-biridan farqlashlari zarur. Masalan, otning kelishik qo‘shimchasi yo‘q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so‘zni o‘ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, gapda ega vazifasida kelishi va ba`zan egalik qo‘shimchalarini olib qo‘llanishi bilan tanishadilar.
Qaratqich va tushum kelishiklarini ajratishda o‘quvchilar ozgina qiynaladilar va ularni almashtirish hollari kuzatiladi. Bunday qiyinchiliklarni oldini olish uchun o‘quvchilarda kelishiklardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini, xususiyatlariga ko‘ra ajratish orqali shakllantiriladi. Masalan:

  1. Ot qaratqich kelishigida turlanganda: a) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog‘lanadi, u bog‘langan ot egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi (bolaning otasi, stolning oyog‘i kabi); b) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba`zan qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi; v) –ning qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; d) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

  2. Ot tushum kelishigida turlanganda: a) harakatni o‘ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog‘lanadi (darsni qildim, maktabni ko’rdi kabi); b) kim(lar)ni?, nima(lar)ni?, ba`zan qayerni? so‘roqlariga javob bo‘ladi; v) –ni qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; d) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining xususiyatlari bilan tanishtirishda o‘quvchilar bu kelishiklarning so‘rog‘i, qo‘shimchalari bilan tanishadilar. Ammo, ba`zida o‘quvchilar bu ikki kelishik qo‘shimchalarini almashtirish orqali gap tuzishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xatoliklarni oldini olish uchun o‘quvchilar bilan fe’ldan jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigida qo‘llangan otga so‘roq berib, so‘z birikmasini topishni ko‘proq mashq qilish va kelishiklarning so‘rogi va ma’nosiga qarab farqlashga o‘rgatiladi. Masalan, ketdi (qayerga?) – maktabga, ko‘rdim (qayerda?) – ko‘chada.
Jo‘nalish kelishigining xususiyatlarini o‘rgangan holda o‘quvchilar uning –ga qo‘shimchasi oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -ka eshitilishi, ammo yozuvda o‘zgarmasligi, -ka qo‘shimchasi so‘zning oxiri k bilan, -qa qo‘shimchasi oxiri q bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda hosil bo‘lishi; ularga savol berish orqali otning jo‘nalish kelishigida turlanganini aniqlash mumkinligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar. Masalan: Baliq qarmoqqa ilindi. Baliq nimaga ilindi? Nimaga ? so‘rog‘i jo‘nalish kelishigiga tegishliligi aniqlanadi. Xulosani o‘quvchilar misollar orqali olgan ko‘nikmalari asosida, o‘qituvchi rahbarligida chiqaradilar.
O‘quvchilar o‘rin-payt kelishining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, -da kelishik qo‘shimchasi –ta bo‘lib eshitilsa ham, -da shaklida yozilishi tushuntiriladi.
Chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham o‘quvchilarni reja asosida tanishtiriladi va ularga kelishik qo‘shimchalarini yozilishi tushuntiriladi.
O‘quvchilarda kelishiklar haqidagi malakalarni shakllantirish ustida ishlashning samaradorligini ta`minlaydigan shartlar, a) maqsadga muvofiq mashq tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan o‘quvchilarning mustaqilligini oshirish; b) imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bilan bog‘lab o‘rgatishdir.
Demak, ot boshlang‘ich sinflarda yaxlit holda o‘rganiladi. O‘quvchilarda ot so‘z turkumnining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirish bilan birga, kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Sifatni o‘rgatish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish tizimi izchillik bilan soddadan -murakkablashib boradi.
1-va 2-sinflarda o‘quvchilar sifatni leksik ma’nosini kuzatadilar. Sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishni o‘rganadilar. 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi. 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususisyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisini bildirib, uni ot bilan bog‘liq o‘rganishni talab qiladi. 1-sinfdanoq o‘quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, bunda ot va sifatdan so‘z birikmasini ajratadilar. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi va boshlang‘ich sinflarda sifatlarning xususiyatlari ustida ishlashni leksik va grammatik yo‘nalishda olib borish talab etiladi.
Sifat mavzusi boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2-sinf);
sifat haqida tushuncha berish (3-sinf);
shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zgartirish (4-sinf).
Sifatni uch bosqichda o‘rgatiladi. Avval, birinchi bosqich (1-2-sinf)da o‘quvchilarga predmetning belgilarini, ularga savol berishni o‘rgatiladi. Masalan, biron predmet rasmini kuzatish orqali belgilarini aniqlash: koptok rasmini ko‘rsatib, qanday koptok?-savoliga o‘quvchilar rasmdagi koptok belgilarini aniqlab, aytadilar, qizil, katta, dumaloq, chiroyli, kabi. Bundan tashqari sinfda, umuman atrofda o‘quvchilarni o‘rab turgan predmetlarning belgilarini aniqlash va bu predmetlar bir-biri bilan ana shu o‘ziga xos belgilari orqali farq qilishlarini misollar bilan tushuntiriladi. Shunday mashqlardan so‘ng, o‘quvchilar xulosa chiqaradilar, ya`ni predmet belgisini bildirgan so‘zlar qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
O‘quvchilarni predmet belgisini bildirgan so‘zlarni nutqimizdagi ahamiyatini anglashlarini samarali o‘zlashtirishlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matnlarni o‘qib, sifatlarini ajratish va turli didaktik o‘yin, topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, kalaster usulidan foydalanilsa …
Ikkinchi bosqich (3-sinf)da o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitish va ularda “sifat” tushunchasini shakllantirib, sifatlardan nutqda unumli foydalanish ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bunda o‘quvchilarning “predmet belgisi” degan tushunchasi umumlashtirilib, uning xususiyatlarini so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini a) predmet belgisini bildiradi; b) qanday? qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, d) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi o‘rgatiladi. Bu sinfda o‘quvchilar og‘zaki va yozma ijodiy ishlarga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilarni sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasi o‘stiriladi.
Sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish bilan bog‘liq holda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatni to‘g‘ri yozish malakasini uchinchi bosqichda ya`ni 4-sinfda shakllantiriladi.
O‘quvchilarda sifat – so‘z turkumiga oid olgan bilimlarini shakllantirish va mustahkamlashda ham didaktik topshiriqlardan foydalanish ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish va mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinflarda sifat – so‘z turkumini o‘rgatishda quyidagi didaktik o‘yin topshiriqdan foydalanish mumkin. Bu topshiriqda berilgan predmetlarga ularga tegishli bo‘lgan, ya`ni, sifatlarini bildiruvchi so‘zlarni ko‘rsatkichli chiziqcha bilan birlashtirib chiqadilar. Bunday o‘yin-topshiriqlardan dam olish daqiqasida ham foydalanish mumkin. O‘quvchilar bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida yanada faollashadilar va fikrlab, ba`zi sifatlarni berishda o‘zaro baxslashadilar. Bu bilan ularda olingan bilim mustahkamlanish bilan bir qatorda tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini himoyalash kabi malakalar shakllantiriladi. Masalan:
Sonni o‘rganish metodikasi. Boshlang‘ich ta`limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi:
Sonlarning talaffuzi va ma’ nosi ustida ishlash;
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash;
Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Sonning o‘rganilishi quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
2-sinfda nechta?, qancha? So‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? So‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildiradi;
3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarning son predmetining miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi;
4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (uchov, to‘rttacha, ikkitadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. Sonlarni otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalarini o‘quvchilarda o‘stiriladi.
Dasturda berilgan talablar asosida son bilan o‘quvchilar 1-sinfdan boshlansa ham, uni o‘rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga ajratiladi. Boshlang‘ich ta`limda sonni elementar nazariy bilimlar asosida amaliy o‘rgatiladi. 1-sinfda 1- bosqichni to‘liq amaliy deb nomlaymiz. O‘z navbatida bu bosqich sonni o‘rganish tizimining keyingi bosqichlariga tayyorlaydi.
2-sinfda o‘quvchilar sonni o‘rganishning ikkinchi bosqichini quyidagi vazifalarda bajaradilar:
Nechta?, qancha? So‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini va nechanchi? So‘rog‘iga javob bo‘lib, tartibini bildirgan so‘zlar haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish;
O‘quvchilarni sonlarga so‘roq berish, nimani bildirishini ayta olish, sonlardan foydalanib, o‘z fikrini aniq ifodalay olish, sonlarni mazmunga mosini o‘rinli tanlab qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish, lug‘atlardan tog‘ri foydalanish qobiliyatini shakllantirish.
Songa oid bu bilim va ko‘nikmalarni mashqlar yordamida mustahkamlab boriladi. Shunga ko‘ra sonlarni o‘rganishning muayyan izchillikdagi mashqlar tizimini tashkil etish va qo‘llash zarur:
Ajratilgan so‘zlarga nechta?, qancha? So‘roqlaridan birini bering va nimani bildirishini ayting.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga so‘roq bering, nimani bildirishini ayting.
Sanoq (yoki tartib) bildirgan so‘zlarni nechta?, qancha? So‘roqlari yordamida aniqlang.
Sanoq bildirgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlang.
Tartib bildirgan sonlarni nechanchi? So‘rog‘i yordamida aniqlang.
Nuqtalar o‘rniga so‘roqlarga mos son qo‘yib o‘qing.
Rasm asosida bog‘lanishli nutq tuzing va unda sanoq, tartib bildiruvchi so‘zlardan foydalaning.
Berilgan mashqlar soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilar mashqlarda qo‘llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash orqali ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
3-sinfda son tushunchasini o‘rganishning uchinchi bosqichi to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitish, gap va matn mazmuniga mos sonlarni o‘rinli tanlab qo‘yish, fikrini aniq ifodalash ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Bu o‘rinda turli mashq, topshiriqlar, didaktik o‘yinlardan foydalanish, son tushunchasining xususiyatlarini aniqlash va o‘zlashtirish samarasi orttadi. O‘quvchilar o‘qituvchi topshirig‘i asosida sanoq va tartib bildirayotgan so‘zlarni aniqlab, ularni guruhlaydilar, matnlardagi sonlarni topadilar, sonlarni gapning mazmuniga qarab to‘g‘ri qo‘llaydilar va hokazo. Bundan tashqari bu bosqichda o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish maqsadida turli mavzularda ijodiy yozma ishlar o‘tkazilib, o‘quvchilarning sonlardan o‘rinli va savodli foydalanishlari, shakldosh so‘zlarni aniqlab, ma’nolarini izohlash o‘rgatiladi. Demak, o‘quvchilar bu bosqichda son – so‘z turkumining shaxs, narsalarning sanog‘ini, tartibini bildirib, nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi; gapda otga bog‘lanib kelishi va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi kabi xususiyatlari bilan tanishadilar.
4-bosqichda eng asosiy e’tibor sonlarning imlosiga qaratiladi. Sonlarning har bir qismini alohida yozish, chiziqcha va chiziqchasiz bilan yozish, qo‘shimcha qo‘shilgandan so‘ng son o‘zagidagi o‘zgarishlarni yozishda to‘g‘ri ifodalash, qo‘sh undoshli sonlarning yozilishi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr so‘zlari bilan o‘rgatiladi. Bu bosqichda mashqlar ham shu maqsadga qaratilib, sonlarni miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan almashtirish va farqini aniqlash. Harflar bilan berilgan sonlarni raqamlar bilan (arab, rim) ifodalash kabi topshiriqlardan foydalanilib, mashqlar asta-sekin murakkablashib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari son so‘z turkumini o‘rgangach, quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari kerak:
Sonning sanoq va tartib ma’nolarini bildirishini;
Son nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishini;
Son otga bog‘lanib kelishini;
Son gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishini;
Sonlarni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishni;
Og‘zaki va yozma nutqda sonlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olishni;
Sonlarga shakldosh so‘zlar topishni;
Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan almashtirish.
Dasturga ko‘ra, 4-sinf ona tili darslarida “Son-so‘z turkumi”ni o‘rgatish avvalgi sinflardagi berilgan tushunchalarni birlashtirib, kengaytirishdan iborat. Son mavzusini o‘rgatishda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni to‘g‘ri tashkil etish va darsning samaradorligini oshirishning interfaol metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra, 4-sinfda “Son-so‘z turkumi” mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi darsning texnologik xaritasini namuna sifatida taqdim etamiz:
*4-sinf: “Son-so‘z turkumi”

Mavzu

Son-so‘z turkumi

Reja

Kirish
Son so‘z turkumining mohiyati
Son so‘z turkumining yozilish shakllari
Sonlarning yozuvda ifodalanishi: harfiy ifoda bilan, arab raqami bilan, rim raqami bilan

O‘quv jarayonini tashkillashtirish ishlanmasi

Mashg‘ulot turi: savol-javob
Tipi: yangi bilim berish
Usuli: noan`anaviy
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, slaydlar
O‘quvchilar soni: 36
Dars maqsadi
Bosh maqsad: Son so‘z turkumining mohiyatini o‘quvchilarga yetkazish va ylarda mustaqil tafakkurni rivojlantirish. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilishga qodir bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish.
Oraliq maqsadlar: (Ta`lim natijalari) Son so‘z turkumi haqida axborotga ega bo‘lish; son so‘z turkumining yozilish shakllari, sonlar yozuvda uch xil ifodalanishi: harfiy ifoda bilan, arab raqami bilan, rim raqami bilan; ko‘pincha ot so‘z turkumiga bog‘lanib kelishi, necha, qancha, nechanchi so‘roqlarga javob bo‘lishi to‘g‘risida bilimlarni egallash. Millat uchun tilning ahamiyati haqida bilim va tushuncha berish. Dars davomida o‘qituvchi va fanni hurmat qilishga, o‘tkazilgan savol-javoblardan, mustaqil topshiriqlardan kelib chiqib, xalqsevar, mehnatkash, irodali, vatanparvar yoshlarni kamol toptirish.
Harakatga teng maqsadlar: (Natijaga erishish shartlari) Sifat va son so‘z turkumlarining ta`rifini aytib berish; shaxs va narsa sifat belgilarini ajrata bilish; sonlarni boshqa so‘z turkumidan ajrata bilish; nutqimizda sonning qanday ahamiyati borligi haqida bilish; egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda saylanma diktant orqali matndagi so‘z turkumlarini ajratib yoza olish; fanlararo bog‘liqligi haqida, shaxsning ishbilarmonlik zakovatlilik, axloqiylik haqida fikr yurita olish.
Erishilgan natijani o‘lchash me`yori (Baholash usuli) – tanlangan mavzu bo‘yicha mini-munozarada ishtirok etish; mavzuni mustahkamlash maqsadida “B-B-B jadval”i asosida tahlil qilish; saylanma diktantni yoza olish va yozgan so‘z turkumlarini sharhlab berish.

O‘quv jarayonining tarkibi

Tashkiliy qism
Davomatni belgilash, sinf xonasini darsga tayyorgarligini ta`minlash, salomlashish, yaxshi tilak.
O‘qituvchining kirish so‘zi. Mavzu, darsning maqsad vazifasi bilan tanishtirib, uni milliy istiqlol g‘oyasi bilan bog‘lash.
Asosiy qism –
Reja asosida darsni olib borish:
Son so‘z turkumining mohiyati yuzasidan o‘qituvchining qisqa tushuntirishi, “son”, “so‘z turkumlari” tushunchalariga klaster tuzish, mashq bajarish.
Son so‘z turkumining yozilishi shakllariga oid mashqlar bajarish.
Sonlarning yozuvda ifodalanishi yuzasidan qisqacha o‘qituvchi hikoyasi, sonlarni arab va rim raqami bilan yozilishiga oid mashqlar bajarish.
Dars yakuni-
Oquvchilar bilimlarini baholash.
Uyga vazifa berish.
Darsga yakun yasash.

Adabiyotlar

4-sinf ona tili darsligi va qo‘shimcha metodik adabiyotlar

“Son-so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishning pedagogik vazifasi va o‘quv natijalari:

Pedagog vazifasi

O‘quv natijalari

Egallagan bilimlarni mustahkamlash;
O‘quvchilarda darsga nisbatan motivatsiya hosil qilish;
O‘quvchilarni mustaqil mushohada qilishga undash, ularni ta`limning noan`anaviy usullari orqali faollashtirish;
Mavzu haqida o‘quvchilarda to‘liq mazmundor, mustahkam tushunchalar hosil qilish. O‘quvchilarning mustaqil ish bajarishga doir bilim va ko‘nikmalarini baholash.

Bilish kerak:
Sifat so‘z turkumiga “Klaster” tuza olishni va tahlil qilishni;
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va ta`limning noan`anaviy usullari to‘g‘risida aniq axborotga ega bo‘lish;
Son-so‘z turkumiga oid “B-B-B” jadvali asosida kichik guruhlarda ishlash;
Chiroyli va xatosiz, tinish belgilariga rioya qilgan holda yozishga o‘rganish hamda rivojlantirish

Usul va texnikalar

Klaster, “ B-B-B” jadvali, Breynshtorming

O‘qitish vositalari

O‘quv materiallari, “Son-so‘z turkumi” mavzusida ko‘rgazmali qurol, elektron darslik versiyasi

O‘qitishning shakli

Yakka, jamoa bo‘lib ishlash (frontal)

O‘qitishning shart-sharoitlari

Guruhda ishlashga mo‘ljallangan sinf xonasi

Monitoring va baholash

Klaster tuzish, Breynshtorming usulidan foydalanib, “B-B-B” jadvalini tuzish

Dars texnologiyasi jadvalidan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchi faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. O‘qituvchi muammoli o‘qitish metodlari bilan birgalikda o‘quvchilarni faollashtiruvchi metodlardan mohirona foydalanib, ta`lim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun zamin yaratadi.
Boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida innovatsion usullardan biri – “B-B-B” (bilamiz, bilishni xohlaymiz, bildik) jadvali bilan ishlash ham samarali natija beradi. Bu usul mashg‘ulot jarayonida matnni yoki o‘rganilgan mavzuni tushunishni ta’minlovchi grafik — tashkilotchi hisoblanadi.
4-sinf Ona tili darsida “Son” mavzusini o‘rganish uchun tuzilgan jadval:

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

Son predmetning nechtaligini bildiradi. Qancha?, nechta?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

Sonning turlari bormi?
Ular qanday qo‘shimchalar oladi?
Qanday yoziladi?
Gapda qanday vazifada keladi?
Nimaga bog‘lanib keladi?
Yozuvda ko‘rinishlari qanday?

Sanoq son, chama son.
Predmetning tartibini bildirgan sonlar –nchi, -inchi qo‘shimchalari bilan qo‘llaniladi.
Predmetning tartibini bildirgan sonlar raqam bilan yozilganda –nchi, -inchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi: 7-uy, 4-sinf, 10-maktab.
Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Ko‘pincha otga bog‘lanib keladi.
Sonlar yozuvda harflar bilan, arab yozuvlari (XVII-XX…) kabi ko‘rinishda yoziladi.

*Xodjiyeva F.O. Toshkent. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti 2008, 13-16-betlardan
Fe’lni o‘rganish metodikasi. Fe`lni o‘rganish boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ozgina murakkabroq bo‘lib, uni ustida ishlash 1-sinfdan boshlanadi. Bunda o‘quvchilar so‘zning harakatini bildirgan so‘zlar bilan ishlaydilar, ya`ni gapdagi so‘zlarga savol berib, rasmlar va matn ustida ishlash, tabiatni kuzatish jarayonida savol-javob o‘tkazish, savolga to‘g‘ri javob bo‘ladigan so‘zni tanlash orqali shakllantirib boriladi. Masalan: Kuzda barglar nima qiladi?, Darsda o‘quvchilar nima qiladilar? kabi va hakazo.
Demak, fe’lni o‘rganish 1-sinfda harakatni bildirgan so‘zlarga savol berish bilan boshlanadi. Dasturda bu jarayon yuzaki bo‘lmasligi, o‘quvchilar harakatni bildirgan so‘zlarni bir yoki ko‘pchilik tomonidan bajarilayotganini anglab, shunga ko‘ra so‘roq berishni bilishlari, o‘qituvchi tomonidan berilgan so‘roqqa qarab, so‘zni mos ravishda o‘zgartirish, ularni bir-biridan farqlash ko‘nikmasini shakllantirish talab etiladi. Masalan, bir shaxs tomonidan bajariladigan harakatga ko‘ra nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?; ikki yoki yndan ortiq shaxs tomonidan bajariladigan harakatga ko‘ra nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so‘roqlarini berish.
Keyingi, 2-3-sinflarga kelib, o‘quvchilar fe`lni so‘z turkumi sifatida o‘rganadilar. Bunda o‘quvchilarda “Fe’l- so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi va bo‘lishli, bo‘lishsiz fe’llarni ma’nosi, shakli orqali farqlash ko‘nikmasi hosil qilinib, bo‘lishsizlik qo‘shimchqasi (-ma)ning talaffuzi va imlosini o‘rgatiladi.
O‘qituvchi harakatni bildirgan so‘zlarni fe’l ekanini o‘rgatish uchun o‘quvchilar bilan suhbatlar turli didaktik o‘yinlar o‘tkazish orqali aniq tasavvur hosil qiladi va gap bo‘lagi jihatdan tahlil qilib, xulosa yasaydi, ya`ni nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, predmet harakatini bildirgan so‘zlarni fe’l deyilishi va gapda kesim vazifasida kelishi haqida tushuncha beriladi.
3-sinfda dasturga ko‘ra, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe`llar haqida tushuncha beriladi. Bu mavzuni singdirishda ham suhbatdan foydalaniladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga savollar beriladi va savollarga berilgan javoblardan fe`llarni so‘roq berish orqali topib, ma’nolarini taqqoslanadi. So‘ng ulardagi farq aniqlanadi va o‘qituvchi yordamida xulosalanadi: harakatni bajarilgani, hozir bajarilishi va keyin bajarilishini bildirgan so‘zlarga bo‘lishli, harakatni bajarilmagani, keyin ham bajarilmasligini bildirgan so‘zlarga bo‘lishsiz fe’llar deyilishi tushuntiriladi.
O‘quvchilarni bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar haqidagi bilimlarini mustahhkamlash uchun mashqlardan foydalaniladi. Bo‘lishsiz fe`llarni qo‘shimchasi –ma talaffuz qilinganda –mi bo‘lib eshitilsa ham yozuvda –ma holicha yozilishi haqida tushunchalar, bo‘lishsizdan bo‘lishli fe’l hosil qilish va aksincha, topshiriqlar, taqqoslash va berilgan fe’llardan foydalanib, gaplar tuzishga doir mashq va didaktik o‘yinlar o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Dasturga ko‘ra 4-sinflarda fe’lni o‘rganish quyidagi vazifalarni bajaradi:
Fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli va bo‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish; fe`lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikma hosil qilish.
Fe’ldan nutqda ongli foydalanish malakasini rivojlantirish maqsadida ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
Fe’l zamonlari, ularning qo‘shimchalariga oid tushuncha va ko‘nikmalarni hosil qilish.
Qo‘shma fe’llar va ularning yozilishiga doir tushunchalarni berish bilan o‘quvchilarda dastlabki ko‘nikmani hosil qilish.
4-sinfda fe’l zamonlarini mohiyatini tushuntirish, zamonlarga doir bilimlarni hosil qilish uchun o‘quvchilar bilan kuzatish, taqqoslash, muhokama qilish mashqlarini olib boriladi va o‘qituvchi yordamida olingan leksik materiallar umumlashtirilib, xulosalanadi:
Fe’llar uch zamonga o‘zgaradi, bular: hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon.
Nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘lgan fe’llar ish-harakatning hozirgi zamonda, ya’ni aynan shu vaqtda bajarilayotganini bildirib, hozirgi zamon fe’li xisoblanadi.
Nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan fe’llar ish-harakatning o‘tgan zamonda, ya`ni aynan shu vaqtdan avval bajarilganini bildirib, o‘tgan zamon fe’li xisoblanadi.
Nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan fe’llar ish-harakatning keyin, ya’ni aynan shu vaqtdan so‘ng bajarilishini bildirib, kelasi zamon fe’li xisoblanadi.
Fe’llarni zamonlarda hosil qilish uchun o‘quvchilar zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishlari va qo‘shimchalarini o‘zlashtirihslari lozim. Shuning uchun o‘quvchilar bilan fe’llarni zamonlarga o‘zgartirish va fe’l zamonlarini ongli qo‘llashga o‘rgatish yuzasidan muntazam turli ko‘rinishdagi mashqlar o‘tkazib boriladi.
O‘quvchilar bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha olishadi. Shaxs-son haqida o‘quvchilarda tushuncha mavjud bolganligi uchun fe’llarda shaxs-son ustida ishlash shu ko‘nikmalarga asoslanadi. Albatta buning uchun o‘quvchilarga suhbat asosida kishilik olmoshlari III shaxsni, birlik va ko‘plikni bildirishi eslatilgach, o‘quvchilar bilan gaplar tuzilib, o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinishi orqali fe’llarda saxs-son haqidagi tushuncha singdiriladi.
Bu mavzu bo‘yicha ko‘nikimalarni shakllantirish uchun muntazam berilgan fe’llarga zamon qo‘shimchalarini qo‘shib, shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslash, biron fe’llar ko‘p uchraydigan matn tanlanib, matnni o‘qish, so‘roq berib fe’llarni topish va yozilishini o‘rganish, fe’lni so‘z turkumi jihatdan tahlil qilish kabi turli mashqlardan foydalaniladi.
Olmoshni o‘rgatish metodikasi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarning 4-sinfida faqat kishilik olmoshlari haqida umumiy tushuncha beriladi. Uning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘rgatiladi.
O‘quvchilarni kishilik olmoshlari bilan tanishtirishda, ular predmetni nomlamasligi faqat ko‘rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang‘ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo‘llanishiga alohida to‘xtab o‘tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari hech qachon ot bilan almashinib qo‘llanmaydi. Masalan: “Men yozyapman, sen yozyapsan” deyesh mumkin, ammo “Anvar o‘qiyapman, Anvar o‘qiyapsan, bola ketyapman” tarzida qo‘llanilmaydi. III shaxs kishilik olmoshi esa ot bilan almashinib qo‘llaniladi: “O‘quvchi o‘qiyapti, u o‘qiyapti”.
Dastlabki, kishilik olmoshlariga doir tushunchalar o‘quvchilarda badiiy asarlardan keltirilgan og‘zaki misollani kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi. O‘quvchilarga kishilik olmoshlarini o‘rgatish jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikmalar hosil qilinadi:
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari bo‘lib, kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi;
Kishilik olmoshlari so‘z turkumi;
Kishik olmoshlari uchta shaxsni birlik va ko‘plikda ifodalaydi;
Ular kelishiklar bilan turlanadi;
-ni, -ning qo‘shimchalari qo‘shilganda o‘zakdagi n tushib qoladi;
u olmoshiga –ga, -da, -dan qo‘shimchalari qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi.
Olmoshlarni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, ularni kelishikli holatda to‘g‘ri yozish, so‘roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so‘z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlar yordamida tushuntiriladi. Oquvchilar olmoshlarni kelishik bilan qo‘llashlari uchun avval bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gaplar tuzdirib, so‘ng ularga kim? so‘rogi beriladi va bu so‘zlar ajratilib men, sen, u va biz, siz, ular ustun qilib yozib qo‘yilib, tahlil qilinadi. So‘ng o‘qituvchi yordamida xulosalanadi. Masalan:
Men, sen, u – so‘z turkumi. Bu so‘z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u kishilik olmoshlari bo‘lib, men I shaxsni, sen II shaxsni, u III shaxsni ko‘rsatadi. Bu tushunchani o‘zlashtirganlaridan keyin, biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, kishilik olmoshlarini birlik va ko‘plik holati taqqoslanadi. Olmoshlar qachon birlik va qachon ko‘plikda qo‘llanilishi ustida ishlanib, ularni gapda ega vazifasida kelishi tushuntiriladi.
O‘quvchilarda kishilik olmoshlarini kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushunchani shakllantirishdan avval quyidagicha kelishiklarga oid jadval xattaxtaga osib qo‘yilib, o‘tilgan mavzuni suhbat orqali eslanib, yangi mavzuga zamin tayyorlaydi:
O‘quvchilar bunday jadval ustida ishlash jarayonida kelishiklarni eslab, ularning so‘roqlarini mustaqil aytadilar va kelishiklarga oid misollar aytib, ularni tahlil qiladilar. Masalan: Duo oltindan qimmat maqolini tahlil qilib turib, yangi mavzu o‘quvchilarga savol berish orqali bog‘lanib ketadi: Bu maqol yuzasidan sizning fikringiz qanday? Yaxshi farzand bo‘lish uchun, siz nimalar qilishingiz kerak? Bu savolga o‘quvchilar tahminan: Biz avvalo yaxshi o‘qishimiz, odobli bo‘lishimiz kerak, — kabi javob beradilar va bu gapdagi olmoshni so‘roq orqali qaysi kelishikda kelganligi aniqlanib, boshqa kelishiklarda kelgan hollarini suhbat orqali, savol-javob, gaplar tuzish va kishilik so‘roqlarini berib turlanadi. So‘ng ikkinchi jadval ustida ishlanadi. Bu jadvalda kelishiklar so‘roqlari va kishilik olmoshlari berilgan bo‘lib, o‘quvchilar olmoshlarni jadvalda o‘zlari turlaydilar:

Kelishiklar

Kishilik olmoshlari

men

sen

u

biz

siz

ular

Bosh kelishigi



















Qaratqich kelishigi



















Tushum kelishigi



















Jo‘nalish kelishigi



















O‘rin-payt kelishigi



















Chiqish kelishigi



















Jadvalda kishilk olmoshlarini kelishiklar bilan turlagandan so‘ng, ular ishtirokida gaplar tuziladi va tahlil qilinadi. Tahlil natijasida o‘quvchilarga olmoshlar gapda bosh kelishikda bo‘lsa, ega vazifasida, qolgan kelishiklarda turlanganda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi haqida tushunchalar beriladi.
Download 416.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling