Animal Trading cards


Download 5.19 Mb.
bet14/44
Sana12.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1768393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
FrontEnd uz Final

36. HTML Tekshirmoqda


Tekshiruvchini sinab ko‘ring!
Quyidagi "HTML"ni ko‘rib chiqing. Sizningcha, tekshiruv natijasida bu uchun nechta xato haqidagi xabar beriladi?



This is great HTML!



Such a wonderful page.




Nusxa oling va nusxani https:// validator.w3.org/ manzilidagi validatorning Direct input yorlig‘iga qo‘ying. https://validator.w3.org/.
1-savol
HTML tekshirilmoqda
Qancha xatolarga yo‘l qo‘yasiz? Bu yerda xatolar sonini kiriting.
Eslatma: Tekshiruvchi xatolar bilan bir qatorda ogohlantirishlarni ham berishi mumkin. Bu-savol shunchaki xatolar haqida so‘ramoqda (javobingizdagi ogohlantirishlarni hisobga olmang).
Javob
2
Izoh: elementni yopuvchi tegi tushib qoldirilgan,
elementini esa ochish tegi yo‘q.

4-Bo‘lim. "CSS"ga kirish

1. Uslub (ko‘rinish) berishni boshlash


1-savol
Quyidagilardan qaysilarni "CSS" yordamida bajarishingiz mumkin?

Izoh:
Boshqa amallar qatori, veb-sahifani rangini yoki ko'rinishini o‘zgartirish uchun "CSS" ishlatasiz! Lekin veb-sahifaga paragraf yoki rasm qo‘shishni istasangiz, "HTML"dan foydalanasiz.
Ha aytgancha, shimingizni rangini siyohrangga bo‘yamoqchi bo‘lsangiz, u holda bu bizning kursimiz doirasiga kirmaydi.

2. “Developer Tolls” (Dasturchining ish asboblari)


1-savol
Ushbu https://en.wikipedia.org/wiki/CSS havolaga boring va "HTML" elementlarini ko‘rish uchun "Developer Tools"(Dasturchining ish asboblari)ni ishlating. head elementi ichida qaysi elementlarni topsangiz bo‘ladi? https://en.wikipedia.org/wiki/Cascading_Style_Sheets

Izoh:
Ushbu sahifa head elementi ichidagi metatitle va style elementlarini o‘z ichiga oladi. Lekin sahifaning barcha div elementlari head elementining ichida emas, balkim body elementining ichida joylashgan. Hozirda ushbu havolda ekansiz, "Wikipedia" maqolasi bilan tanishib chiqsangiz bo‘ladi! Maqolada juda ko‘p ma’lumotlar keltirilgan va ular ushbu kursda o‘rgatilmaydi, lekin ular siz uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin.
2-savol
Brauzerda o‘zingizda mavjud HTML sahifasini oching(notes.html sahifasiga o‘xshagan), so‘ngra "Developer Tools"(Dasturchining ish asboblari) orqali ochgan sahifangizni tekshiring. Elementlar panelida(yoki "Firefox" brauzerining "Inspector" asbobida) ko‘rib turgan kod va matn muharriridagi kod o‘rtasida qandaydir farqlarni topa olasizmi?

Izoh:
Ha, odatda farqlar mavjud bo‘ladi! Elementlar paneli asl "HTML" manba kodini ko‘rsatmaydi. Ushbu panel faqatgina brauzer sahifani qanday tarzda namoyon etishini yoki sahifa xaritasini ko‘rsatadi. Misol uchun, "Chrome" brauzerida, ko‘pgina matn bo‘laklari qo‘shtirnoq ichida ko‘rsatiladi, va bu matnlar asl manbada yoki sahifani render qilingan talqinida mavjud bo‘lmaydi.
3-savol
"HTML" kodingizda ro‘yxat yoki paragraf elementlarini yopish uchun ishlatiladigan  yoki `
kabi teglarni ishlatmagan qatorini toping. (Yoki, ularni har doim ishlatib kelgan bo‘lsangiz, endilikda esa ularni olib tashlang.) Sahifani brauzerda qaytadan yuklang, va "Developer Tools"(Dasturchining ish asboblari)ni ishlatgan holda, uni tekshirib chiqing. Quyidagilardan qaysilari ro‘y beradi?

Izoh:
Brauzer yopuvchi tegl mavjud bo‘lmasada, uni ko‘rsatadi.
"Developer Tools"(Dasturchining ish asboblari) paneli ushbu ko‘rinishni "HTML"ga o‘xshab ko‘rsatadi, chunki bu usul dasturchilarga sahifada nima bo‘layotganini ko'rishni qulaylashtiradi. Lekin Elementlar panelida ko‘rgan ko‘rinish asl "HTML" faylning nusxasi emas, balkim aslini olib qaraganda brauzer sahifani ichki tomonlama ko‘rishining tasviri deb hisoblasa bo‘ladi.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling