MAVZU: Natural va butun sonlar. Bo ‘linish belgilari. Qoldiqli bo ‘lish - Natural son deb sanash (sanoq) uchun ishlatiladigan sonlarga aytiladi. Natural sonlar to'plami N harfi bilan belgilanadi.
- Natural sonlar qatori cheksizdir. Natural sonlar qatori: 1,2,3,4,5,6,7... [ 0(nol) natural son emas]. Natural sonlar ustida amallar.
- Natural songa natural son qo'shilsa natija har doim natural son bo'ladi. 7+10=17
- Bunda 7 soni 1-qo'shiluvchi, 10 soni 2-qo'shiluvchi, 17 soni yig'indi deyiladi.
- Natural sondan natural son ayrilsa natija natural son bo'lish ham mumkin, natural son bo'lmasligi ham mumkin. 14-6=8. 11-34=-23 Bunda 14(va 11) soni kamayuvchi,
- 6( va 34) soni ayriluvchi, 8(va -23) soni ayirma deyiladi.
- Butun sonlar toʻplami – Z={… -2, -1, 0, 1, 2, …} hisoblanadi. Uni quyidagicha taʼriflash mumkin: Natural sonlar va ularga qarama qarashi sonlar hamda nol birgalikda butun sonlarni tashkil qiladi. Musbat va manfiy sonlar va nol ham shu butun sonlar ro’yhatiga kiradi. Butun sonlar Z(zet) harfi bilan belgilanadi.
- Boʻlinish alomatlari — sonlarni biron son ga qoldiqsiz boʻlinishini, nisbatan tezroq topishqoxirgi raqami juft son bo‘lishi kerak.
- 3 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 3 ga boʻlinishi kerak.
- 4 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi ikki raqami 00 bilan tugashi yoki 4 ga bo'linuvchi son boʻlishi kerak
- 5 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqami 0 yoki 5 boʻlishi kerak.
- 7 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqamini hisobga olmaganimizdagi sondan oxirgi raqamini ikkilanganini ayirganimizdagi ayirma 0 bo'lishi yoki 7ga bo'linishi kerak. Masalan: 147:14-2*7=0 . 0 soni 7 soniga boʻlinadi, demak 147 soni ham 7 soniga boʻlinadi.
- 8 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi uchta raqami 000 bo‘lishi yoki 8 ga boʻlinishi kerak.
- 9 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 9 ga boʻlinishi kerak. Masalan: 2880:2+8+8+0=18 .
- 10 bo'linish alomati - Agarda sonning oxirgi raqami 0 bilan tugasa demak bu son o'nga bo'linadi. Masalan: 230 bu son 10 ga bo’linadi 230:10=23
- 230 bu son 10 ga bo'linadi 230:10=23
- 11 ga boʻlinish alomati — toq oʻrindagi raqamlar yigʻindisi bilan juft oʻrindagi raqamlar yigʻindisining ayirmasi 0 boʻlishi yoki 11 ga boʻlinishi kerak. Masalan, 9873424 soni uchun: (9+7+4+4)-(8+3+2)=11
Qoida: a-bo'linuvchi, b-bo'luvchi, n-bo'linma, r-qoldiq. a = b ∙ n + r Misol-1 18 sonini 4 ga bo’lgandagi qoldiqni toping: 18:4=4 (2 qoldiq) Misol-2 325 ni 7 ga bo’lgandagi qoldiqni toping. 325:7=46 (3 qoldiq) Qoldiqli bo’lishni ifoda ko’rinishida yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |