Ichki uslubni(inline style) qo‘llash uchun style atributidan foydalanib, matnni o‘rta joylashtiring.
Matnni ko‘k rangga aylantiring.
"HTML" hujjatingizga bog‘langan "stylesheet" faylidan foydalangan holda matnni kattalashtiring ("stylesheet" fayli allaqachon yaratilgan, ammo unga "CSS" uslubini qo‘shish va "HTML"ga to‘g‘ri link elementini qo‘shish kerak).
Eslatma: Albatta, siz odatda ushbu uchta yondashuvdan bir vaqtning o‘zida foydalana olmaysiz - bu faqat amaliyot uchun.
32. Ranglardan foydalanish
1-savol
Ushbu jumlalardan qaysi biri "RGB" ranglaridan foydalangan holda kulrang rangininig ravshanligi darajasini qanday yaratish kerakligini aniq tasvirlaydi?
Izoh:
Kulrang berish uchun teng miqdordagi qizil, yashil va ko‘k ranglardan foydalaning. Ammo uchta rangning qiymati nolga teng bo‘lsa, u holda qora rangga olasiz; va agar uchalasi maksimal qiymatga ega bo‘lsa (255, FF yoki 100%), u holda oq rangni olasiz.
2-savol
Ushbu rang kodlarini brauzeringizda sinab ko‘ring. Qaysi rang qaysi tavsifga mos keladi?
33. Amaliy mashg‘ulot - Ranglar
Kelli koddagi rang qiymatlarini aks ettirishning uch xil usulini ko‘rsatdi. Masalan:
rgb(100%, 100%, 100%)
rgb(255, 255, 255)
#ffffff
Sirtda har xil ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi bir xilda ishlaydi.
Barcha holatlarda, uchta asosiy rangning har biriga:qizil, yashil va ko‘k (RGB)ning miqdorini berishimiz kerak.
1-savol
Ushbu "RGB" qiymatlarining har birini u orqali hosil bo‘lgan rangga moslang.
2-savol
Ushbu "RGB" qiymatlarining har birini u orqali hosil bo‘lgan rangga moslang.
Izoh:
E’tibor bering, bular oxirgi mashqda berilgan ranglar. 0-100% gacha bo‘lgan shkalada yoki 0-255 gacha bo‘lgan shkalada intensivlikni ifodalashimiz mumkin - ular bir xil narsani ko‘rsatishning turli xil usullari.
Yuqoridagi rasmda, agar barcha uchta ranglarning teng (va qizg‘in) darajalarini aralashtirsak, oq ranga ega bo‘lishimizga e’tibor bering. Agar uchta rangning kuchlilik darajasini teng miqdorga taqsimlasak, turli xil kul ranglarga ega bo‘lishimizni tasavvur qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |