Animal Trading cards


-savol Yuqoridagi daraxt diagrammada, "em" elementining bosh bog‘lamasi nima hisoblanadi? Izoh


Download 0.93 Mb.
bet17/45
Sana31.01.2024
Hajmi0.93 Mb.
#1831329
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
FrontEnd uz Final

2-savol
Yuqoridagi daraxt diagrammada, "em" elementining bosh bog‘lamasi nima hisoblanadi?

Izoh:
Ushbu diagrammada yagona em elementining bosh bog‘lamasi li elementlardan biri hisoblanadi.

6. “HTML”ga to‘g‘ridan to‘g‘ri uslub berish


1-savol
Ushbu video lavhada, Karl "HTML" elementlariga uslub berishning 2 ta yo‘lini ko‘rsatib o‘tdi.
Birinchi yo‘l, "HTML" elementiga uslub berishning to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘li bo‘lib, bunda style atributidan foydalaniladi.
Ikkinchi yo‘l esa, style elementi ichida qoidalar to‘plamini yozgan holda ishlatishdan iboratdir.
Bularning qaysilari qaysi biriga mos keladi?

Aytgancha, uslublar style atribyutini ishlatgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri "HTML" elementlarga qo‘llanilganda, ular ichki uslublar(inline styles) deb nomlanadi. Bu yerda ma’no shundaki, qo‘llaniladigan uslub "HTML" elementi bilan bir qatorda yoziladi. (Farqli o‘laroq, style elementi bilan uslublarni qo‘llasak, u holda ular alohida ishlatiladi, ya’ni bir qatorda emas.)
Quyidagi ish maydonidagi "HTML" 3 ta matnli paragrafga ega. Har bir elementning rangini har xil qilish uchun style atribyutini (ichki uslub) qo‘shing.

7. Amaliy mashg‘ulot — Ichki uslublar (inline styles)


Savol
To‘g‘ri sintaksisni eslab qolish boshida qiyin bo‘lishi mumkin. Masalan, " " qo‘shtirnoqlarni va = tenglik belgisini yoki : ikki nuqta belgilarini qayerga yozishni eslash qiyin bo‘lishi mumkin. Lekin amaliy mashg‘ulotlar bilan, bu jarayon ancha osonlashib ketadi(va ohiri oqibat, avtomatik jarayonga aylanadi).
Bu yerda ichki uslublar(inline styles) ishlatishga doir bir nechta mashqlar berilgan. Ularning qaysi biri to‘g‘ri sintaksis ishlatgan?

8. Amaliy mashg‘ulot — Bitta "HTML" elementida bir nechta uslublarni ishlatish


Ohirgi sahifada, bir nechta matnlarga ko‘k rang berishga doir uslub bilan tanishdik:
color: blue;
Va matnni o‘rtaga(markazga) joylashtirishni ham ko‘rib chiqdik:
text-align: center;
Lekin ushbu uslublarni ikkalasini bitta elementga qo‘llamoqchi bo‘lsangiz, u holda nima qilgan bo‘lardiz? Bu masalaning yechimi juda oson. Qilishingiz kerak bo‘lgan vazifa, bir uslubdan keyin keyingisini yozasiz va bitta uslub tugagandan so‘ng, nuqta vergul ; qo‘yishni unutmasangiz bo‘lgani. ; nuqta vergul, bir uslub qayerda boshlanib qayerda tugatishini ko‘rsatadi.

Hello world!


Quyidagi ish maydonida, bir necha uslublardan foydalanishni mashq qilib ko‘ring! Ushbu jarayonni ish maydoniga tayyor misoldan nusxa olib qo‘yish o‘rniga, yoddan qilishinizni maslahat beramiz(kerak bo‘lganda yuqoridagi misolga qaragan holda).


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling