Fetishizm haqida ko’proq maktab darsliklarida o’qiganmiz. Bugungi kunda ham fetishizmning ba’zi alomatlari saqlanib qolgan. Masalan, bolalarni ko’z tegishidan saqlash maqsadida unga turli xil ko’zmunchoqlar taqib qo’yish. Bundan tashqari bo’ri tishini taqib yurish. Bir narsaga qiziqaman, nega endi bo’rining tishi omadli ekan, unda bo’ri boy bo’lib ketmaydi. Bir-ikki ig’vogarning orqasidan dinimizga ta’sirlar bo’lyapti. O’sha jonsiz narsaning omad keltirishiga ishongan odam o’ziga xulosa qilish kerakki, nega endi men unga ishonishim kerak, mening taqdirim yolg’iz Allohning qo’lida, peshonamga yozgani bo’ladi, taqdirdan qochib qutulolmayman demoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |