Bugungi kunda xalqimiz orasida “Folbinga ishonma, folsiz yurma” qabiladiga gaplar urf bo‘lgan. Lekin bir narsani yodda tutishimiz kerakki, muqaddas Islom dinimiz folga borishlikni, fol ochirishlikni qattiq qoralaydi va kofirlik darajasiga yetishdek gunoh bilan tenglashtiradi. Oilaviy muhitda ham odamlar biron ishi o‘xshama yoxud biron narsasi yo‘qolsa, darrov folbin qidirib qolishadi. Bizga maktabda din tarixi ustozimiz folbinga borib, uning gapiga ishonish, musolmonchilikdan chiqqan bilan barobardir deb javob bergan. Folbinning uyini ko‘rsatgan odamning ham bir oylik namozi qabul bo‘lmaydi. Shunday ekan, bunday qusurli odatni qalbimizdan otib yubormog‘imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |