Misol uchun tezlikning kattaligiga qarab jarimani belgilab beruvchi blokni yozaylik.
if (tezlik > 120)
cout << "Jarima 100 so'm";
else if (tezlik > 100)
cout << "Jarima 70 so'm";
else if (tezlik > 85)
cout << "Jarima 30 so'm";
else
cout << "Tezlik normada";
Agar tezlik 120 dan katta bo'lsa birinchi if/else strukturasining haqiqat sharti bajariladi. Va bu holda albatta tezlik o'zgaruvchimizning qiymati ikkinchi va uchinchi if/else imizni ham qoniqtiradi. Lekin solishtirish ulargacha bormaydi, chunki ular birinchi if/else ning else qismida, yaninoto'g'ri javob qismida joylashgandir. Solishtirish birinchi if/else da tugashi (aynan shu misolda) tanlash amalini tezlashtiradi. Yani bir-biriga bog'liq if/else lar alohida if strukturalari blokidan tezroq bajarilishi mumkin, chunki birinchi holda if/else blokidan vaqtliroq chiqish imkoni bor.Shu sababli ich-ichiga kirgan if/else lar guruhida true bo'lish imkoni ko'proq bo'lgan shartlarni oldinroq tekshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |