int i = 100;
ofl.put(i);
put funksiyasini chaqirishni “<<” buyrug‘ini bajarish bilan almashtirish mumkin.
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”);
ofl << “The text”;
int i = 100;
ofl << i;
Bu buyruqni har xil tur qiymatlarini yoki har xil o‘zgaruvchilardan uzatib, kodning bir qatorida ko‘p marotaba ishlatish mumkin.
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”);
char s[9] = “The text”;
int i = 100;
ofl << “The text” << i << s << 200;
Satr bilan ishlaganda chiqarish satr oxiri belgisi -‘g‘n’ paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Belgi bo‘lmagan turga tegishli barcha o‘zgaruvchilar oldindan belgi ko‘rinishiga o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarni fayldan o‘qish uchun “>>” buyrug‘iga ekvivalent bo‘lgan get funksiyasi ishlatiladi. put funksiyasiga o‘xshab get funksiyasi ham o‘zgaruvchilarning va belgilar massivining ixtiyoriy standart turlari bilan ishlay oladi. Undan tashqari getline funksiyasi ham mavjud. U get funksiyasidan satr oxirining oxirgi belgisini qaytarmasligi bilangina farq
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |