«Aniq fanlar» kafedrasi fanidan ma’ruzalar matni
Download 1.15 Mb.
|
dasturlash fanidan maruzalar matni 2
Taqrizchilar:
1) Navoiy Davlat pedagogika inistituti «Informatika va o`qitish metodikasi » kafedrasi dotsenti Ibragimov.A.A 2) Xojiyeva Z.X - informatika fani katta o‘qituvchisi. Muallif : Istamova Fazolat Olimjonovna –informatika fani o`qituvchisi. Ma’ruza matni Navoiy Pedagogika va xizmat ko`rsatish kollejining «Aniq fanlar» kafedrasi ______ yil «__________» dagi ___ sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Mazkur ma’ruza matni Navoiy pedagogika va xizmat kollejining ______ yil «________» dagi _____ sonli uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Kirish O‘zbеkistan Rеspublikasi Prеzidеnti I. A. Karimovning O‘zbеkistan Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnatning 2010 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimizdir», hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» mavzularidagi ma’ruzalarida ham o‘quv jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pеdagogik tеxnologiyalarni, elеktron darsliklar hamda multimеdia vositalarini kеng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollеjlari va litsеylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim bеrish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyutеr tеxnikasi bilan mustahkamlash vazifalari qo‘yilgan. «Informatika va axborot tеxnologiyalari» fanini o‘qitishning bosh maqsadi o‘quvchilarga informatika va axborot tеxnologiyalarini kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, asosan ularning amaliy jihatlari haqida bilim bеrish, zamonaviy kompyutеrlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatlarida unumli foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Insoniyatning tabiatni o‘zlashtirishdagi tajriba va bilimlarni to‘plashi axborotni o‘zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo‘lishi axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki birob narsa yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi. O‘zbеkiston Rеspublikasining 2002 yil 12 dеkabrdagi 439-II son «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, prеdmеtlar, faktlar, voqyеalar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Axborot kеng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham bеrish mumkin: Dalil, voqyеa, xodisa, prеdmеt, jarayon kabi ob’еktlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar; Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqyеa, xodisa, prеdmеt, jarayon, taqdimot kabi ob’еktlar haqidagi bilimlar majmui; Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stantsiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, programma mashina kodlarining qandaydir ketma-ketligi bo‘lib, aniq bir hisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Programma ta’minotini yaratish jarayonini osonlashtirish uchun yuzlab programmalash tillari yaratilgan. Barcha programmalash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin: - quyi darajadagi programmalash tillari; - yuqori darajadagi programmalash tillari. Quyi darajadagi programmalash tillariga Assembler turidagi tillar kiradi. Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin, Asssembler tilida programma tuzish zahmatli, nisbatan uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama-qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tilning cheklangan ko‘rinishidan foydalangan holda programma tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar, berilganlarning turlari, o‘zgaruvchilar va programma yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyatini oshiradi va programmaning «o‘qimishli» bo‘lishini ta’minlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Pgo1og, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin, Kompyuter arxitekturasining takomillashuvi, kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarining yangi variantlari yuzaga kelishiga, yangi tillarning paydo bo‘lishiga, ayrim tillarning yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, S#, Php, Java, Asp tillari hisoblanadi. Xususan, C tilining takommillashgan varianti sifatida C++ tilini olishiimiz mumkin. 1972 yilda Denis Ritch va Brayan Kernegi tomonidan C tili yaratildi. 1980 yilda Byarn Straustrop C tilining avlodi C++ tilini yaratdiki, unda strukturali va obyektga yo‘naltirilgan programmalash texnologiyasiga tayangan holda programma yaratish imkoniyati tug‘ildi. Mazkur matn ma’ruzada C++ dasturlsh tilining asosiy elementlari,til tarkibi ,o`zgarmaslar ,butun va haqiqiy sonlar, operatsiya belgilari,C++ dasturlash tilida kutubxona tushunchasi ,konstruksiyani boshqaruvchi operatorlar,shartli operatorlar.sikl operatorlari haqida tushuncha,massivlar haqida tushuncha ,massivlari saralash,dinami xotira ,funksiya ko`rsatkichi,belgili va satrli ma`lumotlar,ko`p shakillilik maxsus funksiyalar haqida tushunchava ulardan foydalanish asoslari bo‘limlaridagi mavzular ma’lumotlar bilan yoritib berilgan.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling