Uchinchi bosqich — yechish usulini aniqlash.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so`ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi. Ayrim hollarda masalani qo`yilishidan keyin to`g’ridan-to`g’ri masalani yechish usuliga ham o`tish kerak bo`ladi. Bunday masalalar oshkor ko`rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EHM da yechishning uchin-chi bosqichini tashkil qiladi. Bunga misol qilib yuqorida keltirilgan matematik modellarni yechish usullarini keltirish mumkin. Ular (1,2,3,5- masalalar) bilan siz matematika kursidan tanishsiz. Xo`sh, to`rtinchi masala uchun yechish usuli nima yoki qanday bo`lishi mumkinq Shaxmatdan xabardor har bir kishiga malumki, shaxmat taxtasining ixtiyoriy katagida turgan otni yuqoridagi shart asosida har doim ham yurish mumkin emas. Hamma kataklardan o`tishning yagona usuli mavjud va u quyidagilardan iborat: faraz qilaylik, ot shaxmat taxtasining ixtiyoriy bir katagida turibdi. Umuman olganda bu katakdan boshqa 8 ta katakka yurish mumkin. Yurilishi mumkin bo`lgan bu kataklarning har biridan ham yana nechadir kataklarga yurish mumkin. Mana shu mumkin bo`lgan yurishlarning eng kamini tanlash kerak, agar ular bir qancha bo`lsa, ixtiyoriy bittasini tanlash mumkin. Demak, otni shunday bir katakka yurish kerak ekanki, bu katakdan yurilishi mumkin bo`lgan kataklar soni eng kam bo`lsin. Faqat va faqat shu usul bilan qo`yilgan masalani hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |