< operand2>
Taqqoslash amallarining natijasi – taqqoslash o‘rinli bo‘lsa, true (rost), aks holda false (yolg‘on) qiymat bo‘ladi. Agar taqqoslashda arifmetik ifoda qatnashsa, uning qiymati 0 qiymatidan farqli holatlar uchun 1 deb hisoblanadi.
3.3-jadval. Taqqoslash amallari va ularning qo‘llanishi
Amallar
|
Qo‘llanishi
|
Mazmuni (o‘qilishi)
|
<
|
а
|
“a kichik b”
|
<=
|
а<=b
|
“a kichik yoki teng b”
|
а>b
|
“a katta b”
|
>=
|
а>=b
|
“a katta yoki teng ’”
|
==
|
а==b
|
“a teng b”
|
! =
|
a!=b
|
“a teng emas b”
|
«Vergul» amali: Til qurilmalaridagi bir nechta ifodalarni kompilyator tomonidan yaxlit bir ifoda deb qabul qilishi uchun «vergul» amali qo‘llaniladi. Bu amalni qo‘llash orqali programma yozishda ma’lum bir samaradorlikka erishish mumkin. Odatda «vergul» amali if va for operatorlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, if operatori qo‘yidagi ko’rinishda bo‘lishi mumkin:
if(i=Ca11func(),i<7) . . .
Bu yerda, oldin Ca11func() funksiyasi chaqiriladi va uning natijasi i o‘zgaruvchisiga o‘zlashtiriladi, keyin i qiymati 7 bilan solishtiriladi.