Aniq fanlar


Download 0.61 Mb.
bet7/20
Sana02.12.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1780558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
O

Funksiya parametrlari. Murojaat qilinayotgan va murojaat qiluvchi
funksiyalar o‘rtasida, ma’lumot almashinish jarayoni, parametrlarni uzatish
mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Funksiya sarlavhasida yozilgan
o‘zgaruvchilar ro‘yxati rasmiy (formal) parametrlar yoki shunchaki funksiya
parametrlari deb ataladi. Funksiyani chaqirish operatoridagi o‘zgaruvchilar
ro‘yxati – bu haqiqiy parametrlar yoki argumentlar deyiladi.
Parametrlarni uzatish mexanizmi, rasmiy va haqiqiy parametrlarga
almashtirishni hamda funksiyani har xil qiymatlar bilan bajarilishini ta’minlaydi.
Funksiyani chaqirish operatoridagi parametrlar va funksiya sarlavhasidagi
parametrlar o‘rtasida birma-bir mosliklar tekshiriladi. Bunda rasmiy va haqiqiy
parametrlarning soni, turlari va tartibi bir xil bo‘lishi lozim.
Funksiyalarda parametrlar quyidagi tartibda uzatiladi: 1. Haqiqiy parametrlar
o‘rnida bo‘lgan ifodalar aniqlanadi; 2. Xotirada rasmiy parametrlar uchun ularning
tipiga mos bo‘lgan joy ajratiladi; 3. Rasmiy parametrlarga haqiqiy qiymatlar
beriladi; 4. Tiplar mosligi tekshiriladi va agar lozim bo‘lsa konvertatsiya qilinadi.
Parametrlar funksiyaga qiymat va manzil bo‘yicha ham uzatilishi mumkin.
Ma’lumotlarni qiymat bo‘yicha uzatishda funksiya haqiqiy parametrlarning
13
nusxalari bilan ishlaydi va u argumentlarning joriy qiymatlariga kirish huquqiga
ega bo‘lmaydi.
Ma’lumotlarni manzil bo‘yicha uzatishda funksiyaga o‘zgaruvchilar emas,
balki uning manzili uzatiladi. Bunda funksiya argumentlarning qiymatlari
saqlanadigan xotira katakchalariga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Funksiya manzil bo‘yicha uzatilgan ma’lumotlardan farqli ravishda, qiymat
bo‘yicha uzatilgan ma’lumotlarni o‘zgartira olmaydi.

Funksiyaga qiymat o‘zlashtirish. Funksiyaga natijaviy qiymatni o‘zlashtirish
uchun return operatoridan foydalaniladi. Operator quyidagicha ishlaydi: return
operatoridan keyin yozilgan ifodaning qiymati funksiya o‘zlashtiradigan qiymat
tipiga aylantiriladi.
Funksiya ishini yakunlaydi va natijaviy qiymat chaqiriluvchi funksiyasiga
o‘zlashtiriladi. Funksiyadagi return operatoridan keyin yozilgan har qanday
operatorlar e’tiborga olinmaydi. Dastur joriy funksiyaga murojaat qilgan
operatordan keyingi operator bilan o‘z ishini davom ettiradi. return operatori void
tipidagi funksiyalarda qo‘llanilmaydi. Shuningek, ishlash algoritmi talabidan kelib
chiqib, funksiyada bir nechta return operatoridan foydalanish ham mumkin.
14

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling