Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: mehnat psixologiyasi
Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya
Download 223.5 Kb.
|
Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavj (1)
27.Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya:
T.I. Yosh psixologiyasi, Patopsixologiya, Qiyosiy, Akmeologiya Professor A.V.Petrovskiy psixologiyani quyidagi tasnif bo`yicha: Konkret faoliyat turiga; II. Rivojlanishni o`rganishga; III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari: 1. YOsh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonnining ontogenez rivojlanishni o`rganadi. YOsh psixologiyasi: bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan chetlanishni o`rganuvchi patopsixologiya, miyaning tug`ma kamchiliklari tufayli paydo bo`ladigan bo`linmalarni o`rganuvchi oligofrenopsixologiyasi, eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalar rivojlanishini o`rganuvchi surdopsixologiyasi, ko`rish qobiliyati past yoki umuman ko`rmaydigan kishi faoliyatini o`rganuvchi tiflopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 3. Qiyosiy psixologiya - psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi psixologiya sohasi bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Qiyosiy psiхоlоgiya – psiхоlоgiyaning bu sохаsi psiхik hаyotning filоgеnеtik (nаsliy) fоrmаlаrini tеkshirаdi. Zооpsiхоlоgiya qiyosiy psiхоlоlgiyaning bo’limlаridаn biri bo’lib, хаr хil sistеmаtik guruхlаrgа (tur, jins, оilа) mаnsub hаyvоnlаr psiхikаsini o’rgаndi. "Akmeologiya" so'zi yunon tilidan kelib chiqqan va uning ma'nosida ikkita atama mavjud: akme - tepa, logos (bu asar bizga yaxshi ma'lum) - ta'limot. Bugungi kunda "akmeologiya" atamasi insonning eng yuqori yutuqlari haqidagi fanni anglatadi. Yangi fan rivojlanish psixologiyasining bir qismi hisoblanadi. Akmeologiyani o'rganishning alohida yo'nalishi shundaki, u nafaqat odamlarning katta yoshdagi yutuqlarini, balki bunga hissa qo'shadigan omillarni ham o'rganib chiqadi. Ribnikov N.A deb hisoblangan akmeologiyaning "otasi" 1929 yilda bu atamani etuk odamlarning rivojlanishi haqidagi fan bilan bog'lashni taklif qildi. Akmeologik xulosalar natijalarining katta amaliy ahamiyati shundaki, ular insonni qanday sharoitlarda intellektual, jismoniy va ma'naviy faollik cho'qqisiga olib chiqqanligi to'g'risida ma'lumotni ifodalaydi. Ko'p jihatdan, bu bizni hayotning mazmunini tushunishga yaqinlashtiradi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling