Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: mehnat psixologiyasi
Download 223.5 Kb.
|
Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavj (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyada o’z-o’zini kuzatish metodi
Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. I.p. faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida I.p. ni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi.
Psixologiyada o’z-o’zini kuzatish metodi T.I. introspektiv metod, kamchiliklari, metodning ahmiyati Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi. Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi. Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling