O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
TABIIY FANLAR KAFEDRASI
“KELISHILGAN”
Oʻquv uslubiy boʻlimi
boshligʻi v.v.b. I.H.Yoqubov
________________
Roʻyxatga olindi:
№ BD_____________
“__”________2022 yil
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
prof.A.X.Begmatov
________________
“__”_______2022 yil
|
BILIM SOHASI:
|
100000 – Ta’lim
|
TA’LIM SOHASI:
|
110000 – Ta’lim
|
Magistratura mutaxassisligi:
|
70110901-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya)
|
“Umumiy biologiyani o’qitish uslublari, tizimlari va usullari dasturi” fanidan
O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A
(Moodle tizimi rejasi asosida)
Tuzuvchi: O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti
Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti X.X.Keldiyorova
Kafedra mudiri: PhD. Xamroyeva F.A
Fakultet dekani: prof. Haydarov B.T
Samarqand – 2022
MUNDARIJA
1. KIRISH (FANNI MAZMUN MOHIYATI, MAQSADI, VAZIFASI, O'RGANISH OBEKTI)
|
|
2. FANNI SILLABUSI
|
|
3. ASOSIY NAZARIY QISM
|
|
3.1. MA‘RUZA MATNI (MUNDARIJASIDA SAHIFALAR ANIQ KO‘RSATILSIN)
|
|
3.2. AMALIY MASHG‘ULOTLAR TOPSHIRIQLARI VA ISHLANMASI YOKI SEMINAR, LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI (MUNDARIJASIDA SAHIFALAR ANIQ KO`RSATILSIN)
|
|
3.3. . MUSTAQIL TAʼLIM TOPSHIRIQLARI (TOPSHIRIQLAR HAR BIR MAVZU DOIRASIDA GURUHDAGI TALABALRNI TAʼMINLASHGA QARATILGAN BO'LISHI LOZIM
|
|
4. FAN GLOSSARIYSI
|
|
5. FANNI O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASHGA QARATILGAN SAVOLLAR TO'PLAMI
|
|
6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
KIRISH
Umumiy biologiyani o’qitish uslublari, tizimlari va usullari dasturi Biologiya o’qitish metodikasi – pedagogik fan. Biologiya o‘qitish uslubiyati biologiya fani asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonlari, tamoyillar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur tamoyil va qonuniyatlarni bilish o‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, usullari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning maqsad qilib qo‘yadi.
Fanni oʻqitishdan maqsad - fan erishgan dalil va qonuniyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazish. Maktab biologiyasini o’qitishda biologiya, agronomiya, medisina, psixologiya, pedagogika fanlari erishgan yutuqlar hisobga olinadi. O’qitishda nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi o’rnatiladi, politexnika ta’limining elementlari amalga oshiriladi. Talabalar ushbu kursni to’la o’zlashtirishi uchun metodikaning ilmiy asoslari, ilmiy tadqiqot manbalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. Metodika amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyani beradi, bu nazariya kuch va o’quv vaqtini tejagan holda to’g’ri ta’lim berish imkoniyatini yaratadi. O’qituvchi talaba metodika nazariyasini egallagandagina, uning pedagogik ijodi eng yuqori samara beradi. Bu ijod ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma–xil metodlarni, usullarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Fanning vazifasi - talabalarga Umumiy biologiyani o’qitish uslublari, tizimlari va usullari dasturi biologiya o’qitish metodikasi to’g`risida tushuncha va ularni klassifikatsiyasi bo’yicha yo’nalish mutaxassisligiga mos bilim, ko’nikma va malakani o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |