15-Mavzu O’quvchi, talabalarning bilimlarini xolisona baholash reyting – nazorat tizimi
Reja
1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalda qo’llanilayotgan Reyting tizimining mazmuni va mohiyati.
2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalda qo’llanilayotgan Reyting tizimini amalga oshirish uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlarining o’ziga xos xususiyatlari.
3.Biologiya darslarida o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bir-biri bilan mazmun jihatdan uzviyligini tushunishi.
Seminar mashg`ulotining maqsadi:
Тalabalarni biologiya darslarida o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash yo’llari, umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalda qo’llanilayotgan Reyting tizimi bilan tanishtirish, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularni shakllantirish bosqichlari va amalga oshirish yo’larini o’rgatish;
Mashg`ulot davomida talaba:
Biologiya darslarida o’quvchilarda shakllantiriladigan umumiy biologik va xususiy tushunchalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlarni tuzish ko’nikmasini egallashi lozim.
Zarur jihozlar: Biologiyadan tuzilgan davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, Umumiy o’rta ta’lim maktablari Reyting tizimi Nizomi
Amaliy mashg`ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
Amaliy mashg`ulotining borishi:
1. Тashkiliy qism.
2. Тalabalarni amaliy mashg`ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
3. Тalabalarni Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalda qo’llanilayotgan Reyting tizimining mazmuni, didaktik maqsadi, nazorat turlari tizimi bilan tanishtirish.
4. Biologiya darslarida o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha topshiriqlarni tuzish metodikasi bilan tanishtirish.
5. Amaliy mashg`ulotini yakunlash.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida botanikadan tuzilgan DТS bajarilishi “O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholashning Reyting tizimi” orqali aniqlanadi.
Reyting tizimi Nizomiga muvofiq o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy nazorat orqali amalga oshiriladi.
Ushbu topshiriqlarni tuzishda ta’lim mazmuni asos bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchi har bir mavzu mazmunidagi ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari, ularni nazorat qilish turi va topshiriqlar mazmunini aniqlashi lozim.
Reyting tizimida joriy nazorat asosiy o’rin tutadi, chunki u o’quvchining kundalik o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlash, o’qituvchining o’z o’rnida bergan rag`bati o’quvchilarning o’quv motivlarining rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli o’qituvchi uni qanday shakllarda o’tkazishini belgilashi, ya’ni bir xillikka barham berib, turli shakllarda nazotni amalga oshirish lozim. Quyida joriy nazoratni amalga oshirish shakllari berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |