Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Moliya bozorlarida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati va roli
Download 186.05 Kb.
|
1. Moliya bozorlarida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati va roli
Umuman olganda, sug‘urta – bu moliyaning alohida shakli bo‘lib, hayotda va bozor iqtisodiyotida ma'lum bo‘lgan risklarni kelishilgan haq evaziga qabul qilib kompensatsiyalashdan iborat moliyaviy faoliyat turi hisoblanadi. Moliya bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik shaklida tuzilgan sug‘urta tashkilotlari (kompaniyalari) amalga oshiradi. Bunda sug‘urta kompaniyalari tijorat tashkilotlari sifatida ma'lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular o‘zlariga qabul qilgan risklarni boshqa o‘hshash, lekin yirik va nufuzli, sug‘urta kompaniyalari yordamida qayta sug‘urtalaydilar. Sug‘urta kompaniyalari faoliyatining hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – integrallashgan sug‘urta hizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular na faqat risksizlikni ta'minlovchi institutlar, balki moliyaviy resurslar akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai va investor ham sifatida namoyon bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, sug‘urta kompaniyalari moliya bozorining sug‘urta segmentida sug‘urta operatsiyalarini, boshqa segment-larida esa moliyaviy investitsion operatsiyalarni amalga oshiradi. Agar sug‘urta kompaniyalari aktsiyadorlik kapitali asosida tuzilgan bo‘lsa, unda ular aktsiyalar emitenti sifatida ham namoyon bo‘ladi. Fond bozoridagi emission faoliyati doirasida ular boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarni ham belgilangan tartibda chiqarishga haqli. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyalari banklar va investitsiya institutlari bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi. Demak, sug‘urta tashkilotlari moliya bozoridagi, umuman iqtisodiyot-dagi va hayotdagi barcha oldindan noaniq (bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan) hollar va ehtimoliy qaltis hatti-harakatlarni risksiz (ma'lum darajada) tarzda boshdan kechirishning ishonchlilik darajasini ulardagi mavjud bo‘lgan risk darajalarini kelishilgan haq evaziga pasaytirish orqali ta'minlaydi, natijada moliyaviy resurslar akkumulyatoriga (jamg‘armasiga) aylanadi, bu esa ularni katta hajmdagi investitsiyalar manbaiga aylantiradi va institutsional investor sifatida moliya bozorida samarali faoliyat yuritish uchun keng imkoniyatlar beradi. Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik daraja-sini ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi. Shunday qilib, sug‘urta kompaniyalari umuman hayotda va iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi: - risksizlikni (sug‘urta turlari klassifikatori bo‘yicha) ta'minlovchi moliyaviy institutlar; - moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai; - institutsional investor (belgilangan tartibda); - qimmatli qog‘ozlar emitenti (belgilangan tartibda). Aytilganlarni xalqaro sug‘urta bozori va sug‘urta operatsiyalari rivojlanishi tendentsiyalari asosida ko‘rish mumkin . Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling