Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish
Download 59.41 Kb.
|
6-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini o‘rni.
Reja: Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini o‘rni. Innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlash tizimi. Korxonada inson kapitali va uni baholash. Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish yo‘llari. 1. Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini o‘rni. Inson omilini faolligini oshirish, yangicha dunyoqarash va ishlab chiqarish madaniyatining shakllanishi murakkab jarayondir. U inson faoliyatini ongli asosini tashkil etadi.Inson omilining faolligi, turli xil ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash yoki aksincha, unga o‘ziga xos munosabatni bildirish jarayonida shakllanib boradi.Inson omilining faolligi ijtimoiy jarayonlar va unda amal qiladigan ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.Ijtimoiy jarayonlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – xalq ommasining ongli faoliyatidir. Fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etmasalar, mavjud jarayonlar sustlashadi. Keng xalq ommasining faolligisiz mamlakatda islohotlar va rivojlanish ko‘zda tutilganidek samara bermaydi. Ilmiy menejment ta’limotining dastlabki davridan boshlab, boshqaruv ishini samarali tashkil etish bo‘yicha inson omilini faollashtirishga bevosita va bilvosita ahamiyat qaratilgan.Masalan, F.Teylor kishi aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. U korxona ustasi quyidagi to‘qqiz sifatga ega bo‘lish kerakligini ta’kidlagan: aql-zakovat; muayyan ma’lumot; ish tajribasi; odob; g‘ayrat; ziyraklik; halollik; to‘g‘ri fikr yuritish; yaxshi salomatlik. Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi G.Emerson (1853-1931) “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarini yozib, bu asarda birinchi bo‘lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. G.Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi va bular: aniq belgilangan g‘oya va maqsadlar; aqli rasolik; asosli maslahat; qat’iy intizom; xodimlarga nisbatan adolatli munosabat; markazlashtirish, tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va doimiy hisob-kitob; me’yor va tartib; sharoitini mo‘tadillashtirish; operatsiyalarni me’yorlash; yozma standart qo‘llanmalar; unumdorlik uchun rag‘batlantirish. Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob-kitob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishni maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qo‘llab, ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etkan Frenk Gilbert (1868-1924)lar salmoqli hissa qo‘shishgan. SHuningdek, menejment nazariyasiga fransuz muhandisi Anri Fayol boshqaruv vazifalarini maqbullashtirish – oldindan ko‘ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan. Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratdi. Bu faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etishning rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi o‘sishida ham yangi bosqich bo‘ldi. G.Ford ham F.Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, lekin unga boshqa yo‘l bilan erishishga harakat qildi. YA’ni F.Teylor inson mehnatini tashkil etishga alohida e’tibor bergan bo‘lsa, G.Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga e’tibor qaratgan. Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling