Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish
Korxonada inson kapitali va uni baholash
Download 59.41 Kb.
|
6-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1-rasm. Korxonaning innovatsion salohiyati elementlari.
3. Korxonada inson kapitali va uni baholash.
Korxona biznesini va inson kapitali qiymatini doimiy baholab borish inson kapitalini uzluksiz rivojlanishi natijasida korxonaning raqobatdoshligini orttirib boradi va biznesning jozibadorligini oshiradi. Inson kapitali konsepsiyasi mualliflaridan S.Fisher inson kapitali xususida shunday deydi: “Inson kapitali tug‘maqobiliyat va iste’dod hamda egallangan malakani ham o‘zida jam etadi”. Jahondagi turli mamlakatlarda turmush sifatini baholash uchun Pokistonlik iqtisodchi Mahbub ulXaq boshchiligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan integral ko‘rsatkich – inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI) ishlab chiqildi. Bu o‘rinda mazkur indeksning konseptual tarkibi Hindistonlik iqtisodchi olim Nobel mukofoti laureati Amartiya San izlanishlari natijasi asosida yaratilganligini ta’kidlash lozim. Mahbub ul haqning ta’kidlashicha, “Insonni rivojlantirish konsepsiyasi bugungi kunda eng yaxlit rivojlanish modeli hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy investitsiyalar, odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni qondirish va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, siyosiy va madaniy erkinliklar hamda inson hayoti barcha boshqa sohalarni qamrab oladigan rivojlanishning barcha masalalarini mujassamlashtirgan.U tor ma’nodagi texnokratik yoki haddan tashqari falsafiy konsepsiya emas. U hayotni aks ettiradi. Korxonaning innovatsion salohiyati elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin (6.1-rasm). 6.1-rasm. Korxonaning innovatsion salohiyati elementlari. Shundan kelib chiqib, korxona innovatsion jarayonlarni tashkil etish uchun ixtiyorida quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: g‘oya va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun etarli pul mablag‘lar; yangi mahsulotni yaratish va ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun tegishli moddiy-texnika bazasi; yangiliklarni amalga oshirish va uni joriy etish uchun qobiliyatli xodimlar; har qanday innovatsion jarayon asosida yotuvchi asosiy g‘oyalarni ishlab chiqish imkoniyati. Mazkur masalada turmush darajasi (yoki farovonlik darajasi) bilan turmush sifatini farqlay olishi kerak. Turmush darajasi moddiy farovonlik darajasini, ya’ni odamlarning moddiy ehtiyoji qondirilganligining darajasini ifoda etadi. Uning mamlakat bo‘ylab o‘rtacha ko‘rsatkichini aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkich ifoda qiladi. Turmush sifati esa “nomoddiy” yoki pulda ifodalanmaydigan hamda faqat pul bilan belgilanmaydigan xususiyatlar: odamlarning salomatligi va umr ko‘rish davomiyligi, dam olish vabo‘sh vaqtini o‘tkazish, madaniy rivojlanish, o‘zligini namoyon qilish, bilimlar, va ma’naviy boylikning boshqa ne’matlaridan foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi. ISRIning hisoblash usuli bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichlardan uchtasining o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Bu ekspertlar tomonidan baholanadigan BMTning milliy statistik ma’lumotlari va hisobotlari ko‘rsatkichlariga tayanadi (6.2-rasm). Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling