Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish


Innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlash tizimi


Download 59.41 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi59.41 Kb.
#1764687
1   2   3   4
Bog'liq
6-мавзу

2. Innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlash tizimi.
Xodimlarning o‘z imkoniyati va salohiyatidan foydalanish darajasining past bo‘lishi, ko‘p jihatdan ularning mehnatga ishtiyoqi yoki layoqatining yo‘qligida emas, balki faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olmaganligi, uni yaxshilash uchun qanday sifatlardan foydalanish zarurligi yoki qaysidir sifatlarni nazardan chetda qoldirib, imkoniyatlarini boy berayotganligini bilmay qolishligidadir. Shuning uchun mehnat jamoalarida insoniy sifatlar samaradorligini doimiy ravishda oshirib borish borasida chora-tadbirlar amalga oshirish lozim.
Inson omili turmush tarzining rivojlanish xususiyati va yo‘nalishi bilan shakllanadi. Ularni tahlil qilish orqali oldinda turgan dolzarb vazifalarni aniqlab olish va xodimlarning amaliy faolligini oshirishga erishish mumkin.
Davlat innovatsion siyosati haqida gapirganda doimo innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash haqida yodda tutish lozim. Agar iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida “kadrlar hamma narsani hal qiladi” qoidasi aksariyat holatlarda to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, iqtisodiyotning ko‘p ilm talab qiladigan sektorlarida ushbu fikrning ahamiyati bir necha marotaba ortadi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilim vositalari birinchi darajali, eng muhim aktivlar hisoblanadi. Oqibatda etarli darajada bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, ularni amaliyotda qo‘llay oladigan, bilimlar eskirib borishi bilan ularni uzluksiz yangilab beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar tayyorlash masalalari bilan an’anaviy ravishda oliy o‘quv yurtlari (OO‘Y) shug‘ullanib keladi. Biroq, so‘nggi yillarda xorij tajribasining ko‘rsatishicha, OO‘Y bu masalani mintaqaviy va federal hukumatlar, shuningdek, yirik biznes vakillari ko‘magida ancha samaraliroq hal etishlari mumkin ekan.
XXI asrda davlatlarning iqtisodiy o‘sishi ko‘p jihatdan ishlab chiqarishning barcha sohalarini intellektuallashtirish va ilmiy-innovatsion taraqqiyot bilan ta’minlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda YAIM o‘sishining 70%dan 85%igacha yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar, yangi bilim yoki echimlarga ega bo‘lgan mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Fan-texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlari mamlakatimiz iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tobora keng va chuqur kirib bormoqda. Innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasidan erishiladigan sinergetik samara vositasida mintaqalar va butun davlat jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tayanch elementiga aylanadi.
Mutaxassislarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni to‘g‘risida to‘xtalar ekanmiz, “Tyuksberi, Krandall va Kreyilar 20 ta eng ko‘zga ko‘ringan innovatsiyalarning bergan samarasini tekshirishdi va undan xususiy tarzda olingan o‘rtacha daromad indeksi 27%ni tashkil qilgan bo‘lsa, ijtimoiy bergan samarasi 99% ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, 4 barobar ko‘proq deganidir”1 deb ta’kidlashgan.
Milliy dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadi belgilandi. Dasturning strategik maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich -(1997-2000 y.y.,o‘tish bosqichi) kadrlar tayyorlash tizimi potensialini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy, me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratishdan boshlandi.
Ikkinchi bosqich - (2000-2005 y.y.) Milliy dasturni keng miqyosda amalga oshirish. Tizim faoliyatining samaradorligini, mehnat taqsimotini, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikning monitoringi asosida uning asosiy g‘oyalari va qoidalari o‘rganildi.
Uchinchi bosqich (2005 - 2009 y.y.) to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida va o‘zgarib borayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda, uni takomillashtirish va yanada rivojlantirish yo‘llari belgilandi.
Mavjud modellarda inson kapitali uchun yo‘naltirilgan investitsiyadan keladigan natijalarni baholashga qaratilgan. YA’ni mehnat resursini ayni holatdagi inson omili faolligini baholashning mexanizmi yo‘q. Bu albatta korxonada resurslarining inson kapitali to‘g‘risidagi ma’lumotni bilishlik shaffofligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.Korxonaning biznes va boshqa faoliyatni baholovchilarga inson aktivining sifati to‘g‘risida har tomonlama keng ma’lumot bermaydi. Inson kapitalining qiymati (salohiyati) noma’lum bo‘lgach, investorlar ham inson kapitali uchun investitsiya kiritish bo‘yicha qaror qabul qilishda qiynalishadi.

Download 59.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling