Ijtimoiy oʻzgarishlar


Download 75.63 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi75.63 Kb.
#188743
Bog'liq
OXXPpsC72Nv1BxN0PXKQdmMHtcvHwBb6p3OHP25l


Ijtimoiy oʻzgarishlar

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakat hayotida jiddiy o'zgarishlar, tub yangilanishlar yuz berdi. Siyosiy munosabatlarda yangicha tafakkur tarzi shakllanmoqda, jamiyat ijtimoiy -siyosiy hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta'minlash va uning kafolati tizimini yaratish mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning negizini tashkil etmoqda. Demokratik tamoyillarga asoslangan barqaror jamiyatni ta'sis etish avvalo islohotlar jarayoning izchil va mo'tadil amalga oshirilishiga bog'liq. Barqaror jamiyat islohotlar jarayonining tizimli va bosqichli amalga oshirilishi natijasida o'z taraqqiyotiga ega bo'ladi1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX va XII boblarida fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqini himoya qiluvchi jamiyatning iqtisodiy asoslarini mustahkamlovchi moddalar kiritilgan. Ushbu huquqiy asos mulkchilik, mulkka egalik qilish,ijtimoiy muammolarni hal etishning eng ilg'or tajribalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.Prezident I.A.Karimov "bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo'l qo'ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta'minlagan holda, O'zbekistonda ijtimoiy -siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik"2, -deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat, O'zbekistonda o'tish davrida kuchli ijtimoiy kafolat tizimi shakllantirildi va hozirda uni amaliyotga kengroq tadbiq qilish, takomillashtirish muhim masala bo'lib kelmoqda.Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta'minlangan qismini qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilgan chora-tadbirlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi.



Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib borish, qashshoqlanishning oldini olish, aholining turli qatlamlari o'rtasida ta'lim olish, madaniyat va san'at yutuqlaridan bahramand bo'lish, kasb malakasini oshirish va daromadlarni ta'minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat.Albatta, bu borada O'zbekistonda muayyan tajribalar to‟plandi.Biroq jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy kafolat tizimini tinimsiz takomillashtirib borishni taqozo qiladi.Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o‟tish ehtiyoji paydo bo‟ldi. Shu munosabat bilan yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan bevosita har bir shaxs uchun ishonchli bo‟lgan maqsadli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‟llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‟tish jarayoni kechmoqda1. Aynan shu ma'noda ijtimoiy sohani tartibga solishda amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.Ijtimoiy himoya tizimining asosiy jihatlarini aynan shu nuqtai nazardan ochib berish zarurati bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy dolzarbligibelgilaydi.BMI mavzusining o'rganilganlik darajasi.Mustaqillikka erishgach, O‟zbekistonda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o'rganish borasida ko'plab siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog va faylasuf olimlarimiz tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mustaqillikning dastlabki kunlaridan to hozirgacha chop etilgan barcha asarlarida, anjuman va tadbirlarda so'zlagan qator nutqlarida ham ijtimoiy siyosat va uni amalga oshirish borasida o'tkazilayotgan islohotlar, kam ta'minlangan va ko'pbolali oilalarni himoya qilish, yordamga muhtoj yolg'iz keksalar va nogironlarga ko'mak berish,ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini uzluksiz oshirib borish, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratgan. Jumladan, I.A.Karimovning 2010-yil 9-yanvardagi "2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi"da1, 2011-yil 21-yanvardagi "2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi"2da, 2011-yilda nashr qilingan "Demokratik isloyotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish -mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir"3asarida , 2013-yil 310-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zi"4da, 2013-yil 7-dekabrdagi "Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish -yorug' kelajagimizning asosiy omilidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"da5ham ijtimoiy siyosat sohasini takomillashtirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, qishloq joylarda barcha qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy uylar qurish, mamlakatimizning chekka hududlari aholisini elektr energiyasi, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, qishloqlarda mavjud qishloq vrachlik punktlarini tamirlash yoki yangilarini qurish, ta'lim muassasalari texnik bazasini yaxshilash kabi masalalarga to'xtalib o'tgan


Download 75.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling