Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 186.05 Kb.
|
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta (hajmli) bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. SHuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: • byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; • tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi; • nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi; Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: • qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; • nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; • boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; • nadzorchilik – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo‘lmaydi. Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali echish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: Hmo Ks = ------------------ Rmo Bu erda: Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling