Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 186.05 Kb.
|
3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
YAqin o‘tmishda, ya’ni sho‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko‘rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • davlat byudjetidagi defitsitni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning o‘sishini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash; • ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko‘tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; • ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; • Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; - korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; - soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish. • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish; • Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash; • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; • va boshqalar. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) moliya resurslarining ko‘payganidagina o‘sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling