Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Takror ishlab chiqarish va moliya
Download 186.05 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- MOLIYAVIY SIYOSAT 1. Moliyaviy siyosat 2. Byudjet va pul krediti siyosati 3.Halqaro moliya siyosati
3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va sotsial sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas. Planetamiz aholisining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bo‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning konsentra-siyalashuviga (to‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kambag‘al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolayotir. Faqat qo‘shimcha mahsulotning konsentratsiyalashuv (to‘planish) joyi o‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “cho‘kmoqda” va ularga kelgusida ham taqsimlashni o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: • ishlab chiqarish; • almashuv; • taqsimlash; • iste’mol. 2- MOLIYAVIY SIYOSAT 1. Moliyaviy siyosat 2. Byudjet va pul krediti siyosati 3.Halqaro moliya siyosati 1. Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Sotsial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa sotsial ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning sotsial tuzilmasi ham tushuniladi. SHuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: • bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkretlashtirish; • yordamida qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; • qo‘yilgan vazifalarni echishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat ko‘rsatishiga) erishish; • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish; • raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo‘lishga) erishish; • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; • korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror o‘stirish; • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; • foydani maksimallashtirish; • xarajatlarni minimallashtirish; • rentabelli faoliyatni ta’minlash • va boshqalar. Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo‘lgan ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat sotsial tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan (qaratilgan) bo‘lishi kerak. CHunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan va eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: • moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; • makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’ektlari darajasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adekvat) bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; • ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda sotsial iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; • iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning konkret shakllarida namoyon bo‘ladi. SHunga asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikda jamiyatning taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha moliya nazariyasining asosiy yo‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin konkurensiyani (raqobatni) saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va sotsial vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi; MD ko‘paydi (ortdi); sotsial ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va h.k. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o‘zida davlat daromadlarining oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig‘i davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o‘rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling