Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Ks – moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti; Hmo
Download 186.05 Kb.
|
Ks – moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti;
Hmo – davriy koeffitsientga o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim; Rmo – rejadagi moliyaviy oqim. Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining o‘lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko‘rsatkichlar mavjud: • bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YAIMning miqdori; • inflyasiya darajasi va dinamikasi; • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); • oltin valyuta zahiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat sotsial-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir. Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy o‘sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir. Sog‘lom ishlayotgan korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsienti (TQk) doimo birdan yuqori bo‘lishi kerak: Pa TQk = ------------- Mm Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o‘ng tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa, unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi. Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling