Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 186.05 Kb.
bet28/68
Sana15.06.2023
Hajmi186.05 Kb.
#1476784
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
YAF = T – T

Bu erda: YAF XYUS ning yalpi foydasi;


T – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni
realizatsiya qilishdan olingan tushum;
T – sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlar-
ning tannarxi.


SOF = YAF - TX – BX

Bu erda: SOF – XYUS ning sotuvdan olgan foydasi;


YAF – XYUS ning yalpi foydasi;
TXtijoriy xarajatlar;
BX – boshqaruv xarajatlari.


STF = SOF + BD – BX

Bu erda: STF – soliqqa tortilgunga qadar XYUS ning


foydasi;
SOF – XYUS ning sotuvdan olgan foydasi;
BDboshqa daromadlar;
BX – boshqa xarajatlar.
SF = STF – FOS

Bu erda: SF – XYUSning sof foydasi;


STF – soliqqa tortilgunga qadar XYUSning
foydasi;
FOS – foydadan olingan soliq.

Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langani-dan so‘ng uning qolgan qismi XYUS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi inves-titsion, ishlab chiqarish va ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYUS ning kapital qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. SHuning uchun ham, bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajrat-malarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qo‘yilmalar, ay-lanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash, yangi texnologiyalarni jo-riy etish uchun foydalaniladi.


Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik risklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobi-dan tashkil qilinadi. Ajratmalarning o‘lchami esa XYUSning ta’-sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

XYUS ning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabel-lik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.


Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi:

  • sotuv (sotish) rentabelligi;

  • o‘zlik kapitalning rentabelligi;

  • aylanma aktivlarning rentabelligi;

  • aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi;

  • investitsiyalarning rentabelligi.

Sotuv (sotish) rentabelligi XYUS sotuvi (sotishi)ning haj-mida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi for-mula yordamida aniqlash mumkin:



Download 186.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling