Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 186.05 Kb.
|
Sug‘urta bozori
Sug‘urta bozori – sug‘urta hodisasi ro‘y berganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligi bilan izohlanadi. Sug‘urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksiyadorlik, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi. Hududiy jihatdan milliy, mintaqaviy va halqaro sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Mustaqillikgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda davlat sug‘urtasi mavjud edi. Hozirgi kunda milliy sug‘urta bozorida 35 ga yaqini sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari “O‘zbekinvest” EIMSK, “O‘zagrosug‘urta” DASK, “Kafolat” DASK, Agro Invest Sug'urta, Alfa Invest va boshqa sug‘urta kompaniyalaridir. Bulardan tashqari bir nechta chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, xususiy sug‘urta kompaniyalari ham o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Jahondagi eng yirik sug‘urta bozori AQShga tegishli. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tushumlarining qariyib 50% dan ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo-iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi. Halqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug‘urta bozori tushuniladi. Sug‘urta bozori bozor munosabatlari subyektlarining mustaqilligini, ularning sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha teng huquqli hamkorligini ko‘zda tutadi. Sug‘urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat: – o‘z manfaatlaridan kelib chiqib sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug‘urta qildiruvchilar); – bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar (sug‘urtalovchilar); – mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (sug‘urta agentlari va brokerlari); – sug‘urtalangan shaxslar (sug‘urtalanuvchilar); – manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar); – uchinchi shaxslar Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling