3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog‘lovchi asosiy omillardan biridir.
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta kursi inflyasiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga bo‘linadi. Nominal ayirboshlash kursi — bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi — bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
R = e x P / P*
Bunda, e — nominal ayirboshlash kursi, P — bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* — esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda :
e = R x P* / P
Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud:
1. Erkin suzish rejimi.
2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi.
3. Boshqariladigan suzish rejimi.
13-MAVZU. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI
1.1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi
1.2. Soliqlarning funktsiyalari
1.3. Soliqqa tortish tamoyillari
1.4. Soliq elementlari
1.5. Soliq mexanizmi va soliq munosabatlarining hozirgi holati.
Tayanch iboralar: Soliq tushunchasi. Soliqlarning funktsiyalari. Soliqqa tortish tamoyillari. Soliqlarning guruhlanishi. Soliqlarning umumiy belgilari. Soliq elementlari. Soliq mexanizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |