Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 186.05 Kb.
bet41/68
Sana15.06.2023
Hajmi186.05 Kb.
#1476784
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
12-MAVZU: XALQARO MOLIYA


1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari
2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari
4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari


1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari

Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi.


“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. SHuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya – iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;

  2. 1958 yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan Evropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) – hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;

  3. Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;

  4. O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq SHarq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;

  5. 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;

  6. 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;

  7. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;

  8. 1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida etakchi mamlakatga aylanishi;

  9. 1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. SHuning-dek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar;

  10. 1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;

  11. 1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;

12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi – Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda etakchi o‘rinni egalladi.
XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi:

Download 186.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling