Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat
Download 118.61 Kb.
|
O
Dars jarayoni:
Reja: 1. Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi va davriy qonuni. 3. Nisbiy molekular massa topish va formulalarni atom yordamida struktura tuzilishini yasash. 1-guruh nomi Kalsiy (Ca). Sog’lom odamda 1200 g Ca bo’lib, shundan 99%i suyaklarda, qolgan miqdori qonda, suyak to’qimasining mustahkamligi va o’sishini ta’minlaydi. (bu ma’lumotlarni guruh sardori beradi) Yana qo’shimcha sifatida “Aqliy hujum” asosida shu elementni davriy jadvalda tutgan o’rni haqida so’raladi. (bu bilan o’qituvchi o’quvchilarni yangi mavzuga tayyorgarligini tekshiradi.) 1-o’quvchi: Ca 4- davr II gruppa elementi, ishqoriy yer metali. Atom tuzilishidan kelib chiqsak, Ar=40, yadro zaryadi, yani proton soni 20 va neytron soni 20 ga teng. Tashqi qavatida 2 ta elektronni birikmalarda oson berib +2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. O’zgarmas II valentlikka ega 2- guruh nomi: Temir (Fe) katta yoshdagi odamda 3-4 gramga yaqin bo’lib, shundan 70 % i hayot uchun zarur. 30 % i to’qimalarda jamlanadi. Agar inson organizmiga Fe elementi yetishmasa kam qonlik kasalligi kelib chiqadi. (guruh sardori qisqa ma’lumot berdi) O’qituvchi: endi kim qo’shimcha qiladi? 2- o’quvchi: Fe davriy sistemada 4- davr, VIII gruppaning B gruppachasi yani qo’shimcha gruppada joylashgan metall. Ar=56, p=26. n=30 ga teng. Valentligi o’zgaruvchan II va III bo’ladi. Birikmalarda +2 va +3 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. 3-guruh nomi: Yod (J) Odam organizmida 20-50 mg bo’lib, 8 mg i qalqonsimon bezda joylashgan. Agar inson organizmida yod etishmasa bo’qoq kasalligi, aqliy rivojlanishi past, kar-soqov, past bo’yli bolalar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Shu tarzda yodni davriy sistemadgi o’rni va atom tuzilishi haqida so’raladi. Endi o’qituvchi yangi mavzuni tushuntirish maqsadida umumiy tushuncha beradi, o’quvchilar bilan birgalikda davriy jadval asosida mavzu tushuntiriladi. Davriy sistemada 7 ta davr, VIII guruh va 109 ta element ko’rsatilgan 109 ta elementdan 87 tasi metall va 22 tasi metallmas. Har bir element atomini tartib raqami, ya’ni p soni, elektron soni va atom massasi ko’rsatilgan. Davriy jadval 1869 y rus olimi D.I.Mendeleyev tomonidan elementlarning atom massasi ortib borish tartibida tuzilgan, bundan tashqari elementlarning rangli ko’rsatilishi davr va guruhlarning atom tuzilishidagi ahamiyati haqida ma’lumot beriladi . Endi bir oz chalg’ish maqsadida “Kim chaqqon” o’yini o’ynaladi. Bunda o’qituvchi har bir guruh sardoriga atom-molekula sharlarini tarqatadi va o’zi oldindan tayyorlab kelgan (parta soniga qarab) moddalar formulasi yozilgan qog’ozlarni tarqatadi va 3 min vaqt belgilab, shu formula asosida atom sharlarida moddalarning struktura tuzilishini yasashni aytadi va o’quvchilar modda nomi va brikmadagi elementlarning valentligini ham aytishi zarur. Qaysi guruh chaqqon 1- bo’lib topshiriqni bajarsa, shu guruh sardori yana 5 ball olish imkoniyati yani rag’batga ega bo’ladi. Buning uchun u magnit doskada turgan 10 ta element nomini aytib, kamida 3 ta formula tuzilishi kerak. Download 118.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling