Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat


Download 118.61 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi118.61 Kb.
#1260080
  1   2   3   4
Bog'liq
O



O`zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti
Kimyo ta`lim yo`nalishi
240-guruh talabasi
Janonqodirov Qobiljonning
“Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi va davriy qonuni. Atom tuzilishi.”
mavzusida 1-soatlik
Dars ishlanmasi

6-Maktab kimyo fan o`qituvchisi: Zayniyeva M.

Samarqand-2023
Kimyo fanidan 9 “-’’sinf 1 soatlik dars ishlanmasi
Mavzu: Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi va davriy qonuni. Atom tuzilishi.


Dars maqsadi:


  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga davriy jadval tuzilishi haqida bilim berish.


  2. Tarbiyaviy maqsad: Har bir o’quvchida davriy jadvalga bo’lgan qiziqishni oshirish.


  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Davriy qonunni ahamiyati haqida va kimyoviy elementlarning hayotimiz uchun foydali tomonlarini ochib berish.




Dars turi: Noan’anaviy.

Dars uslubi: Aqliy hujum , “Kim chaqqon”, “Xotira mashqi”, krossvord o’yinlari.

 Darsning jihozlanishi: davriy jadval, magnit doska, tarqatma materiallar, kodoskop, asbob va moddalar.


Darsning boshlanishi:

O’quvchilar bilan salomlashib, sinf ozodaligi va davomat tekshiriladi. O’quvchilar 3 ta guruhga bo’linadi. O’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida har bir o’quvchi oldiga tarqatmalar tarqatadi va 3 daqiqa vaqt belgilaydi va o’quvchilarni baholaydi. Tarqatmadagi savolni bilmagan o’quvchilarga yana bir imkoniyat beriladi. Doskada daraxt yasalib, mevalaridagi savollarni uzib (qog’ozdan yasalgan, oldi meva, orqasi savol) javob beradilar. Umumiy savol javob vaqti (10 min)



 Tashkiliy qism: Endi o’quvchilarga oldindan aytib yuborilgan mavzuga oid eng qiziqarli ma’lumotlar: sherlar, qiziqarli savollar tinglanadi. (10 min)

Guruhlarda adashmaslik uchun har 3 tasiga hohlagan 3 ta element nomini qo’yamiz, lekin shart shuki har bir guruh sardori o’zi tanlagan element nomi haqida to’la ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bu bilan biz kimyoviy elementlarning inson hayotidagi rolini ham bir yo’la o’rgatgan bo’lamiz.





Download 118.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling