Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat
Download 118.61 Kb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
Mustahkamlovchi qism: har bir o’quvchiga, sinf jurnalidagi tartib nomeri bilan bir xil bo’lgan tartib raqamga ega bo’lgan elementni, neytron sonini topish tushuntiriladi. M: 2- nomerli o’quvchi 2- element “He” neytron sonini topadi, yani n=A-p=4-2=2 ga teng. Bundan tashqari doskada yozilgan formulalarni molekulyar massasi topish aytiladi, bu bilan o’quvchilar elementlarning atom massasini yanada mustahkam o’rganadilar. M: CaO- Kalsiy oksid Mr(CaO)=40+16=56.
O’qituvchi: Endi bir oz charchoqni engish maqsadida o’quvchilarimiz tayyorlab kelgan kimyoviy elementlar haqida chiroyli sherlardan eshitsak. 1-o’quvchi: Al: Men alyuminiyman Metallalrning biriman Zamon texnikasining Kuchli bahodiriman.
2-o’quvchi: O2: Kisloroddir nomim mening Tabiatdir konim mening Mensiz hayot ham bo’lmas Hatto o’simlik o’smas.
3-o’quvchi: Au: Paxta bu oq oltindir Neft esa qora oltin Qimmat metallar ichra Oltin turadi oldin
4- o’quvchi: Ca Meni derlar kalsiy Goh birikma bo’laman Suvga qo’shib yuborsang Ishqor bo’lib qolaman.
5- o’quvchi: N2 Meni derlar azotjon O’simlik bo’lsa nimjon Bo’larman unga jon-jon Xursanddir mendan dehqon.
Endi sinf bilan birgalikda yangi mavzuga qo’shimcha kiritish maqsadida “Eng, eng, eng” krosvordi yechiladi. M: 1. Eng oson suyuqlanadigan metal (Hg) 2.Eng yengil metal (Li)- litiy 3.Eng plastik metal (Au)- oltin 4.Eng qattiq metall (Cr)-xrom 5.Eng aktiv metallmas (F)-ftor 6.Eng og’ir metal (Os)- Osmiy 7.Eng yaxshi tok o’tkazgadigan metall (Ag)- kumush Dars so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilar, guruhlar baholanib, uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa: Yangi mavzuni o'qib kelish, 6 tomonli kubik shaklida ko'rgazma tayyorlash( kubning har bir tomoniga bir element haqda nomi va belgisi yashirilib tavsif beriladi,javobi o'qituvchiga yozib topshiriladi) Xulosa Hozirgi zamon mutaxassislari , faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida etarli malakalarga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya jixozlari o’rni beqiyos bo’lib, shu darslarni olib borishda yangi metodlar o’qituvchiga qo’l keladi. Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o’tkazilgan darslar o’quvchini mustaqil fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o’zaro bir-biri bilan muloqatga va xatto o’zi xulosa chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo darslarini yanada qiziqarli o’kazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o’qituvchi sinflarda yuqori sifat ko’rsatgichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog’liq bo’lgan munozara yig’ilishladagi aloqalarga ko’maklashish maqsadida foydalanishimiz kerak. Huddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o’quvchilarimuzga real maktab laboratoriyasida o’tkazilishi muammo bo’ladigan murakkab tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, elektron bulut va elektronlar qo’zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar tushunchalarini osonlashtiradi. Shunday ekan, biz o’quvchilarning fikrlash qobiliyati va fanning rivojlanishini ta’minlashimiz kerak. Download 118.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling