Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
II.2. Osson suyuqlanuvchan qotishmalar va ularning xossa – xususiyatlari
Download 0.85 Mb.
|
240- guruh Orifjonova Mahfuza
II.2. Osson suyuqlanuvchan qotishmalar va ularning xossa – xususiyatlari,
Oson eriydigan qotishmalar — qalayning nisbatan pastroq temperatura (taxminan 232°C) da eriydigan qotishmalar. Tarkibida turlicha nisbat va uygʻunlikda ushbu elementlar boʻladi: Sn (qalay), Bi (vismut), In (indiy), Pb (qoʻrgʻoshin), Cd (kadmiy), Zn (rux), Sb (surma), Ga (galliy), Hg (simob) va boshqa Kavsharlar, eruvchan saqlagichlar, metall surkama (zamazka) lar, quyma qoliplar va zichlagichlar tayyorlanadigan materiallar sifatida ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin qotishmalari - qoʻrgʻoshin (R) asosidagi qotishmalar. Kam va koʻp legirlangan guruhlari bor. 1-guruhga korroziyaga chidamliligi va sirpanuvchanligini oshiradigan qoʻshilmalar (temir Fe, mis Cu, surma S, qalay 8i, kadmiy Ss1 yoki kaltsiy Ca) kam qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi; 2-guruhga qoʻrgʻoshinning mustahkamligi, qattiqligi va antifriksion xossalarini oshiradigan hamda uning erish temperaturasini pasaytiradigan elementlar koʻp qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi. Koʻpgina Qoʻrgʻoshin qotishmalari (tarkibida litiy Li, natriy Na, magniy Mg, kaliy K yoki natriy Na lar 0,1% dan ortiq boʻlgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari dan tashqari) qoʻrgʻoshin singari, atmosferada, suvda, baʼzi anorganik kislotalar eritmalarida korroziyaga chidamliligi yuqori. Kam legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari tarkibida kremniy (Si) tuzlari, karbonat va sulfat kislotalari boʻlgan tuproq taʼsiriga juda turgʻun boʻladi. Kaltsiy (Ca) va tellur (Te) bilan legirlanganda qoʻrgʻoshin plastik deformatsiyaga chidamli boʻladi. Boshqa elementlar bilan legirlangan R rekristallanish trasinining pastligi tufayli xona trasida prokatlash, choʻzish, presslash va boshqa ishlov berish jarayonlarida chidamliligi kamayadi. Qoʻshilmalar Rning yoyiluvchanlik chegarasini, kislotaga chidamliligini birmuncha oshiradi.[9] Tellur (0,03-0,06%), mis (0,040,08%), surma (0,5—2,0%), qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari listlar, trubalar, yarimfabri-katlar, vannalarni pardozlash va b. uchun, kaltsiy (0,03—0,07%), tellur (0,04-0,06%), surma (0,4-0,8%), qalay (1,0—2,0%) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari past voltli qobiqlar, kuch kabellari uchun; (0,5—1,%) rux (2p) yoki qalay (Zp) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari temir-uglerodli qotishmalarni korroziyadan saqlash va podshipnik vkladishlariga quyish uchugʻg ishlatiladi. Bulardan tashqari, Qoʻrgʻoshin qotishmalari kavsharlashda, poligrafiya sanoatida, pitra va oʻqlar tayyorlashda ishlatiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling