Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 0.85 Mb.
|
240- guruh Orifjonova Mahfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rux qotishmalari
Sirkoniy qotishmalari - sirkoniy asosidagi qotishmalar. Sirkoniyni baʼzi elementlar (niobiy Nb, qalay Sn, temir Fe, xrom Cr, nikel Ni, mis Si va alyuminiy Mr) bilan legirlab olinadi. Bu elementlar Sirkoniy qotishmalari tarkibida 2—3% ni tashkil qiladi. Sirkoniyga oksidlovchi elementlar qoʻshilganda uning puxtaligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Mas, sirkoniyning mustahkamlik chegarasi sb=800—1000 MN/m2 (80—100 kG/mm2), nisbiy uzayishi a=3—5% boʻlgan qotishmalari maʼlum. Sirkoniy qotishmalarining 0,5—1% qalay, 0,2% temir, 0,3% nikel va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgan turi sirkalloy, 0,3% qalay, 0,1% nikel, 0,1% niobiy va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgani ojennit deb ataladi. Sirkoniyning suyuqlanish temperaturasi yuqori (1852°C) boʻlishiga qaramay, baʼzi Sirkoniy qotishmalari uncha issiqbardosh boʻlmaydi va amalda 400°C dan yuqori boʻlmagan bugʻ suvli muhitlarda ishlatish uchun yaraydi. Sirkoniy qotishmalari yadro energetikasida, kimyoviy apparatlar tayyorlashda, jarroxlik va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Rux qotishmalari — asosiy qismi ruxdan iborat boʻlgan qotishmalar. Tarkibida qoʻshilmalar sifatida alyuminiy, mis va magniy boʻlgan Rux qotishmalari muhim sanoat ahamiyatiga ega. Ruxalyuminiy va ruxalyuminiymis sistemalari asosidagi Rux qotishmalari tarkibida alyuminiy 3,5 dan 22% gacha, magniy 0,02 dan 2% gacha; ularda rqattiq eritma (juda oz miqdordagi alyuminiyning ruxdagi qattiq eritmasi) bilan aqattiq eritma (ruxning alyuminiydagi qattiq eritmasi) hosil boʻlishi mumkin. Ruxmis sistemasi asosida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan L60 (mis 60%, rux 40%) va L15 (mis 85%, rux 15%) rusumli jezlar olinadi. Ruxalyuminiy sistemasi asosidagi Rux qotishmalarining mexanik xossalari ruxmis sistemasidagi qotishmalarnikidan yuqoriroq. Tarkibi 22% alyuminiy va 78% ruxdan iborat qotishma oʻta plastiklik xususiyatiga ega. Bu qotishma yuk taʼsirida 1000% gacha choʻzilishi mumkin. Boshqa oddiy metall materiallarga nisbatan bu koʻrsatkich 20—50 marta ortiq. Undan tayyorlangan listlarga past (260— 270°C ) temperaturalarda osonlikcha ishlov berib, turli shaklli buyumlar olish mumkin. Ruxalyuminiymis sistemasidagi qotishmalar ruxning eng puxta qotishmalaridir. Rux qotishmalariga qoʻrgʻoshin, qalay va kadmiy salbiy taʼsir etadi, chunki ular rux bilan past temperaturalarda suyuqdanadigan evtektik tarkiblar hosil qilib, qotishma zarralari chegarasida joylashadi. Juda oz miqdordagi temir ham Rux qotishmalari qattikdigini va moʻrtligini oshiradi, ularga ishlov berilishini kiyinlashtiradi. Yuqori sifatli Rux qotishmalari tarkibidagi qalay, qoʻrgʻoshin, kadmiy va temirning miqdori tegishlicha: 0,005, 0,01, 0,005 va 0,1% dan oshmasligi zarur. Sanoatda SA15, SM1, SAM024, SAM25, SAM41, SAM102, SAM105 rusumli Rux qotishmalari ishlatiladi. (S harfi qotishmalardagi ruxni, A. alyuminiyni, M misni, raqamlar esa alyuminiy va misning % hisobidagi miqdorini koʻrsatadi). Rux qotishmalari oson suyuklanadigan va suyuq holatda yaxshi oquvchan boʻlganligidan karbyuratorlar, nasoslar, podshipniklar qismlari va boshqa turli murakkab shaklli detallarni bosim ostida quyishda, shuningdek, bezak buyumlar tayyorlashda qoʻllaniladi.[11] Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling