Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.72 Mb.
bet14/15
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1259981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
240- guruh Janon qodirov Qobiljon kurs ishi

Platina qotishmalari - asosini platina tashkil qiladigan qotishmalar; odatda, legirlovchi elementning (qarang Legirlash) platinadagi qattiq eritmasidan iborat boʻladi. Platina qotishmalarining muhim legirlovchi elementlari: rodiy (Rh), iridiy (Ir), palladiy (Pd), ruteniy (Ru), nikel (Ni), kobalt (Co), mis (Cu), volfram (W) va molibden (Mo). Platina qotishmalari suyuqlanish temperaturasi yuqori, zararli muhitlarda korroziya (zanglash)ga (oksidlanishga) chidamli, mexanik xossalari yuqori, yeyilishga juda chidamli material. Platina qotishmalarini bosim bilan ishlab (bolgʻalab, prokatlab, shtamplab va choʻzib), har xil buyumlar olish mumkin. Ular termoparalar, elektr asboblarning qismalari (klemmalari), yuqori temperaturada eriydigan kavsharlar, prujinalar, doimiy magnitlar, shisha suyultirish idishlari, sunʼiy tola ishlab chiqariladigan filyerlar va boshqa muxim detallar hamda elementlar tayyorlashda, kimyoviy reaksiyalarda katalizatorlar sifatida ishlatiladi[17]


Xulosa
Ilmiy ishimiz so‘ngida aytiz lozimki bizning izlanishlarimiz kelgusida barcha tengdoshlar yoki yoshlarimizga foyda keltiradi. Zero o‘qib o‘rganish har bir inson uchun farzdir .
Bu kurs ishi tayyorlanishida ko‘plab xossa va xussiyatni o‘z ichiga olgan VIII B guruh triadalari ya`ni uchliklari haqida bo‘lib o‘tdi . Unda platina guruhchasi metallari haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi . Ularning fizik xossalari, xususiyatlari , shu bilan qator tushunchalar berib o`tildi .
Haqiqatda bu moddalar hayotimiz ajralmas qismi ayniqsa platina bu metaldan hozirda ko‘plab hollarda katalizatorlar ishlab chiqarishda moddalar (asbеst, glinozеm)ning sirtiga kimyoviy usulda yupqa platina qatlami qoplash. Minеrallari. Toza platinaning tarkibiga, asosan, toza fеrroplatina minеrallari (massa ulushi: 77-81% Pt, 20-14% Fе) va poliksеn (80-92% Pt, 10-6% Fе), qolgani ko‘pincha plastinasimon mеtallar, shuningdеk, mis va nikеllar bo‘ladi. Platina kimyoviy idishlar tayyorlash uchun va katalizator sifatida ishlatiladi. Platina nikеl va mis shlam (kukunsimon chiqindi) laridan, boyitilgan sochma konlardan, tеmir-tеrsakka chiqarilgan tеxnika buyumlaridan olinadi. Korroziya bardosh, yuqori haroratga turg‘un, bosim ostida yaxshi ishlanuvchanlik kabi muhim xossalarga egaligidan platina tеxnikaning barcha sohalarida ishlatiladi.
Osmiyni oladigan bo‘lsak bu element tabiiy shakli  tabiatda uchramaydi. Ushbu material har doim boshqa turdagi platina guruhi metalli - iridiy bilan bog'liq. Osmiy platina bilan birga qazib olinadi. Qayta ishlash jarayonida osmiy iridiy ajralib chiqadi, u alohida komponentlarga - iridiy va osmiyga bo'linadi. Keyin osmiy tozalanadi, kislota bilan ishlov berish jarayoniga o'tadi va elektr pechida vodorod bilan kamayadi, natijada konsentratsiyasi 99,9 foizgacha bo'lgan sof metall olinadi.
Iridiy ham xuddi xrom singari, rangiga ko‘ra nomlangan. Qadimgi yunon afsonalarida Irida – kamalak ma’budasi va ma’budlarning kotibasi bo‘lgan. Yunonlar kamalakning o‘zini esa «iris» deb nomlashgan. Haqiqatan ham, iridiyning birikmalari kamalakning deyarli barcha ranglarida jilvalanadi. Masalan, kristall holatida uchraydigan IrCl moddasi misga o‘xshash qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda bo‘ladi; IrCl2 esa to‘q yashil tusda; IrCl3 – ochroq yashil; IrCl4 – qo‘ng‘ir-jigarrang bo‘ladi. Iridiyning temir bilan birikmasi IrF6 – sariq; IrS, Ir 2O3 va IrBr4 moddalari moviy ko‘k, IrO2 esa qop-qora bo‘ladi.
Shunday ekan bu elementlar haqida ham barcha ma’lumotlarga ega bo‘ldik azizlar. Yildan yilga zamonamizda bu metallarning qazib olish sohalari rivojlanmoqda . Ularni tabiiy va sun`iy` sohada olish , qo‘llash kabi ishlar hali ham davom etmoqda . Ularning izatoplari ham mukammal o‘rganilgan emas .
Demak bu guruhga Osmiy, iridiy, platina elementlari kirar ekan . Ularning har birlari tegishli xossaga va xususiyatga ega. Ularning sanoatda , turmush tarzimizda ishlatilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilib o‘tildi .

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling