Aniq va tabiiy fanalr fakulteti


O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi


Download 27.75 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi27.75 Kb.
#1160323
1   2   3   4
Bog'liq
YO`LDOSHOV OTABEK

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi
suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida, munosib harakatlarni tashkil etish, fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni yanada mustahkamlash, davlatimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish, ekologik muammolar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish kabi qator ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. 
Eng muhim masalalardan biri – bugungi murakkab globallashuv va «axborot urushi» asrida mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta’minlash. Chunki hozirgi kunda butun dunyoda kiberxurujlar tobora globallashib bormoqda. Harakatlar strategiyasiga ko‘ra, mamlakatimizda bunday kiberxurujlarning oldini olish, bu yo‘nalishda yetarlicha xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi mamlakatimizda tinchlik-totuvlik va barqarorlikni mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga asos bo‘lishi va xizmat qilishi bilan juda katta ahamiyatga ega. 
Dilshod Abduazizov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boshqarma boshlig‘i: 
– Bugun jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etayotir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirishda eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Bunda asosiy maqsad – mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga erishishdan iborat. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar xalqimiz farovonligi yanada yuksalishiga, bu tarmoqdagi mahsulotlar eksporti oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar izchil va tizimli davom ettiriladi. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish borasida keng qamrovli islohotlar aniq mexanizmlar bilan qat’iy amalga oshiriladi. 
Bugun davlatimiz va xalqimizni o‘ylantirayotgan eng muhim masalalardan biri – milliy valyutamiz va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash. Bu borada, Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, endi har chorakda Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Markaziy bankning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tahliliy ma’lumotlari tayyorlab boriladi. 
Inflatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish ham ko‘zda tutilmoqda. Naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikning oshirilishi ichki bozorda narx shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish imkonini beradi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish, keyinchalik 2020-yilda uni bekor qilish rejalashtirilgan. 
Esemurat Kanyazov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori: 
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabrda mamlakatimiz ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish kerakligini ta’kidladi. Mamlakatimizni kelgusi besh yilda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida oliy ta’lim sohasini taraqqiy ettirish borasida ham kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Aslida islohotlar hayotda to‘la samara berishi, avvalo, zamonaviy bilim, kuchli intellekt va yuksak ma’naviyatga ega kadrlarga bog‘liq. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturining ishlab chiqilishi mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda akademik sohada, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, o‘quv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Natijada bosqichma-bosqich ularning mustaqilligi ta’minlanadi. Yana bir masala – oliy ma’lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish. Bugun dunyoning rivojlangan davlatlari kadrlar tanlashda 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga tayanmoqda. Shu bois mamlakatimizning mazkur xalqaro hujjatga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu bilan milliy oliy ta’lim tizimi jahon amaliyoti bilan uyg‘un rivojlanadi, kadrlar tayyorlash sifati keskin oshadi. 
Harakatlar strategiyasida yuridik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Bunda universitetimizning o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish, universitetning jamoatchilik boshqaruv organi – Homiylik kengashini tuzish rejalashtirilmoqda. Xalqaro sud va arbitrajlarda ishtirok eta oladigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qila oladigan yuridik kadrlar tayyorlash, bu sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar, xalqaro ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, maslahat markazlari, olim va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. 
Harakatlar strategiyasi bilan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi. Xalqimiz shu yagona maqsad yo‘lida yanada qat’iy ishonch va katta g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qiladi. 

XULOSA
DO‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanali «Axborot» ko‘rsatuvida xabar berildi.
Farmon loyihasi yanvar oyining ikkinchi yarmida normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portaliga muhokama uchun joylashtirilgandi. Hujjat ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilindi.
Bugun imzolangan farmonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
- Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
Download 27.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling