"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


-rasm. Membrananing periferik qismi


Download 150.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana16.06.2023
Hajmi150.1 Kb.
#1517924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi

11-rasm. Membrananing periferik qismi 
Periferik membrana oqsillari membranalarning ichki va tashqi yuzalarida 
joylashgan va oqsillarga yoki fosfolipidlarga bogʻlangan boʻladi. Integral membrana 
oqsillaridan farqli ravishda, periferik membrana oqsillari membrananing gidrofob 
asosi ichiga botib kirmagan va ular koʻproq erkin bogʻlangan boʻladi. 
Uglevodlar 
Uglevodlar plazmatik membranalarning uchinchi asosiy tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ular odatda hujayralarning tashqi yuzasida joylashgan va oqsillarga 
(glikoproteinlarni hosil qilib) yoki lipidlarga (glikolipidlarni hosil qilib
bogʻlangan boʻladi. Ushbu uglevod zanjirlari 2 tadan 60 tagacha monosaxariddan 
tashkil topgan boʻladi va ular chiziqli yoki tarmoqlangan boʻlishi mumkin. 
Bu uglevodlar membrana oqsillari bilan bir qatorda hujayralarga bir-birlarini, 
masalan, molekulyar identifikatsiya belgilarini tanib olish imkonini beradigan oʻziga 
xos hujayra markerlarini hosil qiladi. Ushbu hujayra markerlari immun tizimida juda 
muhimdir, chunki immunitet hujayralari ular yordamida hujum qilmasligi kerak 
boʻlgan tana hujayralarini va hujum qilishi kerak boʻlgan begona hujayra yoki 
toʻqimalarni farqlay oladi. 
Membrananing oquvchanligi 
Fosfolipidlarning 
yogʻ 
kislotali 
dumlari 
tuzilishi 
membrananing 
xususiyatlarini, ayniqsa, ularning qanchalik suyuq ekanligini aniqlash uchun 
muhimdir. 
Toʻyingan yogʻ kislotalari qoʻshbogʻlarga ega emas (gidrogen bilan 
toʻyingan), shuning uchun ular nisbatan chiziqli tuzilishga ega. Toʻyinmagan yogʻli 
kislotalar esa, aksincha, bir yoki bir nechta qoʻshbogʻlarga ega boʻladi va bu 
koʻpincha ularning bukilishiga yoki egilishiga olib keladi. (Siz ushbu maqolaning 
boshrogʻida, fosfolipidning tuzilishi diagrammasida toʻyinmagan bukilgan dumga 


21 
misolni koʻrishingiz mumkin.) Fosfolipidlarning toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ 
kislotali dumlari harorat pasayishi bilan boshqacha xususiyatga ega boʻladi. 

Past haroratlarda toʻyingan yogʻ kislotalarining toʻgʻri chiziqli dumlari zich 
va oʻta qattiq membranani hosil qilib, mahkam birlashib oladi. 

Toʻyinmagan yogʻ kislotali dumlarga ega fosfolipidlar dumlarining 
bukilgan tuzilishi tufayli birgalikda zich birlasha olmaydi. Shu sababli toʻyinmagan 
fosfolipidlardan tuzilgan membrana past haroratlarda toʻyingan fosfolipidlardan 
tuzilgan membranaga nisbatan suyuq boʻlib qoladi. 
Aksariyat hujayra membranalari fosfolipidlar aralashmasidan tashkil topgan 
boʻlib, ularning ayrimlari ikkita toʻyingan (chiziqli) dumga, boshqalari esa bitta 
toʻyingan va bitta toʻyinmagan (bukilgan) dumga ega boʻladi. Koʻplab organizmlar 
(masalan, baliq) hujayra membranalaridagi toʻyinmagan yogʻ kislotalari nisbatini 
oʻzgartirib, fiziologik jihatdan sovuq muhitga moslasha oladi. Toʻyingan va 
toʻyinmagan yogʻ kislotalari toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot olish uchun lipidlar 
haqidagi maqolani koʻrib chiqing. 
Hayvonlar membranasida fosfolipidlardan tashqari, suyuqlikni saqlab turishga 
yordam beradigan qoʻshimcha tarkibiy qismlar mavjud. Xolesterin membrana 
fosfolipidlari orasida joylashgan lipid boʻlib, haroratning suyuqlikka taʼsirini 
kamaytirishga yordam beradi. 
Xolesterin past haroratlarda fosfolipidlarning bir-biriga zich bogʻlanishiga yoʻl 
qoʻymaslik orqali suyuqlik darajasini oshiradi, yuqori haroratlarda esa u suyuqlik 
darajasini kamaytiradi. Shu tariqa, xolesterin membrananing funksional sogʻlom 
suyuqlik darajasini saqlab qoladigan harorat doirasini kengaytiradi. 

Download 150.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling