4. Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari
Elektron mikroskopik o'rganishlar plazmatik membranani har xil hujayralarda
emas, balki bir hujayraning o'zida ham murakkab tuzilishga ega ekanini ko'rsatib
berdi. Hujayra qobig'ining maxsus strukturalari turli xil bo'lgani uchun hujayraning
qaysi qismida joylashganiga qarab ular uchta asosiy turga bo'linadi. Bular
hujayraning ustki yuzasida, yon yuzasida va bazal qismida joylashgan maxsus
tuzilmalardir.
Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari. Ko'pgina hujayralarning ustki
yuzasida — apikal plazmatik membrananing mayda o'simtalari bo'lgan
mikrovorsinkalar ko'rinadi. Ko'pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi.
Ingichka ichak jiyakli hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli
joylashgan.
Oddiy mikroskopda mikrovorsinkalar jiyaklar holida ko'rinadi, har bir
hujayrada mikrovorsinkalar taxminan 3000 ta bo'lib, hujayraning apikal qismi
maydonini o'ta kattalashtiradi.
Mikrovorsinkalar murakkab tuzilma hisoblanib, unda yuqorida aytib o'tilgan
uch zonani (glikokaliks, plazmatik membrana va ichki zonani) farq qilish mumkin.
Mikrovorsinkaning glikokaliks zonasi nozik ipsimon va donador elementlardan
tashkil topgan bo'lib, u glikoproteid va glikolipidlardan iborat. Glikokaliks enterotsit
mahsuloti bo'lib, u sitoplazma qobig'ining tarkibiy qismidir. Plazmatik membrana
tarkibida juda ko'p gidrolitik va transport ferment sistemalar joylashgan. Bu
fermentlar glikokaliks fermentlari bilan bir qatorda moddalarning hujayra ichiga
o'tishida katta rol o'ynaydi.
Ichki zona (matriks yoki membrana osti qavati) donachalar, markazda
joylashgan 20-40 parellel mikrofibrillalardan va amorf qismdan tashkil topgan.
Mikrofibrillalarning bir uchi mikrovorsinkalar uchidagi zich donachada tugab,
ikkinchi uchi terminal to'rni hosil qiladi. Tadqiqotchilar fikricha, matriks va
mikronbrillalar ba'zi bir moddalarning so'rilishida muhim o'rin tutadi.
Nafas olish (burun bo'shlig'i, traxeya, bronx) va boshqa ba'zi bir a'zolar
hujayralarining apikal qismida kiprikchalar joylashgan bo'lib, ular harakat qilish
qobiliyatiga ega (hujayra markazi maqolasiga qarang).
12
Do'stlaringiz bilan baham: |