"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


-rasm. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o‘tishi


Download 150.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana16.06.2023
Hajmi150.1 Kb.
#1517924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi

4-rasm. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o‘tishi. 
Lipid molekulalari ikki qavat — bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil 
(polyar) qismlari tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab 
yotadi. 
Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. 
Obrazli qilib aytganda «oqsil molekulalari lipid ko'llarida suzib yuradi». 
Biologik membranalar oqsil, lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va 
suv tutadi. Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar 
oqsillardir. Globulyar oqsillar fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana 
orqali transportida muhim ahamiyatga ega 
Biologik membranalaming metabolik funksiyasi ularda joylashgan fermentlar 
bilan bog'liq. Biologik membranalar o'ziga xos barerlardir, chunki ular hujayrani 
tashqi muhitdan, hujayra organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi. 
Ular ma'lum qattiqlikka ega bo'lsa ham, shu bilan birga elastikdir. 
Biologik membranalar orqali hujayra organellalarining metabolizm bilan 
bog'liq bo'lgan moddalari o'tadi. Agar bu moddalar konsentratsiyasi past bo'lgan 
tomonga yo'nalsa va bu transport energiyaning ishtirokisiz bo'lsa, bunday transport 
passiv transport (diffuziya) deyiladi. Moddalarning bunday transporti shu 
moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog'liq. 
Diffuziya yo'li bilan transport maxsus o'tkazuvchan moddalar bilan ham bog'liq 
bo'lishi mumkin. Bu moddalar oqsil tabiatiga ega bo'lib, membrana orqali o'tuvchi 
moddaga (substratga) nisbatan spetsifikdir. Bu moddalar substrat bilan komplekslar 
hosil qilib, moddalarni tezroq, membrana orqali o'tishini ta'minlaydi. 
Aktiv transport oqsil tabiatiga ega bo'lgan yetkazuvchi moddalar bilan bog'liq 
bo'lib, unda albatta energiya sarf bo'ladi. Aktiv transportda molekula konsentratsiya 
gradiyentiga qarshi harakat qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o'ralgan turli 
strukturalarda malum moddalarning yetarli miqdorda to'planishini ta'minlaydi. 
Aktiv transport hujayra membranalarida hosil bo'luvchi elektrik potensiallar asosida 
yotadi. 

Download 150.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling