"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi
Download 150.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotoretsepsiya, hujayra membranalarning molekulyar tuzilishi
5 1. Hujayra qobig’i va membranalarning tavsifi Barcha hujayralar butun xayoti davomida o‘z strukturasi va modda almashinuv protsesslarini saqlashga harakat qiladi. Buning uchun hujayra mebranasi, ya‘ni ularning qobig‘i katta ahamiyatga ega. Sitoplazma esa barcha organoidlar joylashgan muhit hisoblanadi.U o‘ziga xos muhitda amalga oshadi. Uning xususiyatlari va vazifalari sitoplazmatik harakatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Hujayra qobig‘i ichki muhitni himoya qiladi, hujayralararo va atrof muhit bilan modda almashinuvi jarayonlarini boshqaradi. Bundan tashqari gormonlar, kimyoviy moddalar va boshqalarni tashqaridan organizmga o‘zlashtirishi va javob reaksiyalarni amalga oshirdi. Membrana hujayrani tashqaridan o‘rab olgan holda uning shakl formasini saqlash xususiyatlariga ham ega. Oddiy mikroskopda ham hujayra qobig‘ining umumiy ko‘rinishini aniqlash mumkin. Ayniqsa, o‘simlik hujayralarining po‘sti qobig‘ini yaqqol ko‘rish imkoniyati mavjud. Lekin elektron mikroskop kashf etilishi hujayrani tadqiq qilish, o‘rganish jarayonida o‘ziga xos imkoniyatlar keltirib chiqardi. Elektron mikroskopda uning xaqiqiy strukturasining qalinligini va boshqa xususiyatlarini o‘rganish, aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Hujayradagi barcha sitoplazmatik organoid ham membranadan paydo bo‘lganligi aniqlandi. Hujayra mebranasi tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega. Undan sekinlik bilan diffuziya yuli bilan glikozin aminokislotalari, yog‘ kislotalari, glitser ionlari o‘tadi. Bazilari tezlik bilan, sekinlik bilan bazilarni o‘tkazmaydigan darajada tanlab o‘tkazish xususiyatga ega. Organik erituvchilar hisoblangan spirt, efir, xloroform va boshqalarni suvga nisbatan tez o‘tkazadi. Bundan kelib chiqadiki, membranada qandaydir nepolyar qismi mavjud bo‘lib, bu narsa lipidlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Hujayra qobig‘i o‘ziga xos oqsil va lipid moddalarini navbatlashib joylashgan strukturaga ega bo‘lgan membranadir. Lipidlar membranada fosfolipid, gliqolipid, stirol tarzida uchraydi. Lipidlar molekulalari shunday joylashish xususiyatlariga egaki, ularning qutb (polyar) guruxlari faqatgina tashqariga yo‘nalgan xolatda bo‘ladi. Bu esa ularning boshqa moddalar molekulalari tasiriga javob bera olish imkonini beradi. Fosfolipidlar tarkibida fosfat gruppa ushlagan moddalar bo‘lib molekulasi polyar boshchasi va nepolyar 2 ta dum qismidan iborat. Ular faqat yog‘ kislotalaridan tashkil topgan bo‘lib, gidrofoblar guruxini tashkil qiladi. Bosh qismi fosfat gruppasi tashkil etib, gidrofil xususiyatiga ega. Ularga ko‘proq fosfolipidlar to‘g‘ri keladi. Glipolitdlar – lipidlarni uglevodlar fosfolipidlarga o’xshab, polyar bosh qismi va nepolyar qutblanmagan 2ta dum qismidan iborat. Sterollar – spirtlardan iborat bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari xolistirol. Ular asosan izopren sinfiga kiruvchi moddalar hisoblanadi. Ularni fosfolipid va gliqolipidlardan farqi bir qator monomolekulyar qavat hosil qiladi. Lipidlar 2 - qator bo‘lib lipid qavatini hosil qiladiki, bu tirik hujayraning juda ko‘p harakterli xususiyatlariga sabab bo‘ladi. Bu xususiyatlardan kelib chiqib o‘simlik va xayvon organizmlarining hujayralar membranasi 3 - qavat ko‘rinishga ega. 6 Umuman biologik tiriklik membranalarga xos quyidagi umumiy qonuniyatlarni ko‘rsatish mumkin: 1. Har qanday membranani qalinligi 7.5 nm. 2. Elektron mikroskopda qaralganda 3 qavatdan iborat. 3. 3 qavatdan 2ta oqsil o‘rtada lipid qavatdan iborat. 1972 yili Singer va Nikolson membrananing suyuq – mozaik modelini yaratishdi. Bunda oqsil molekulalari lipid moleklalari okeanida so‘zib yurganidek holatini kuzatish mumkin. Download 150.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling