Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Download 23.51 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Graflarni ko‘rikdan o‘tkazish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITITETI FARG’ONA FILIALI “Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi “ FAKULTETI 653-21(DI) guruh talabasi Saminjonov Azizbekning MA’LUMOTLAR BAZASI fanidan bajargan MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Saminjonov A. Qabul qildi: Abdukadirov . A. G Mavzu: Yo’naltirilgan va Yo’naltirilmagan graflar Graf - bu murakkab chiziqsiz ko‘pbog‘lamli dinamik tuzilma bo‘lib, murakkab obyektlarning xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. Matematik nazariyada va informatikada graf — bu tugunlar(uchlar)dan iborat bo‘lgan bo‘sh bo‘lmagan to‘plam va tugunlarni birlashtiruvchi yoylar majmuidir. Obyektlar tugun yoki graf uzellari ko‘rinishida va munosabatlar yoy yoki yo‘naltirilgan qirralar kabi ifodalanadi. Graf turlari Ixtiyoriy tugundan boshqa bironta tugunga murojaat mavjud bo‘lsa, u xolda bunday graf yo‘naltirilmagan graf deyiladi (1-rasm). Agar graf tugunlari o‘zaro bog‘langan bo‘lsa-yu, lekin bu yoylar orqali munosabat faqat bir tomonlama bo‘lsa, u xolda bunday graflar yo‘naltirilgan graflar deyiladi. Og‘irlikka ega bo‘lgan graf (weighted graph) – bu qirralari (yoylari) og‘irliklari bilan berilgan graf xisoblanadi. (i,j) qirraning og‘irligi wij kabi belgilanadi. Graflarni ifodalash usullari Graflar nazariyasining ayrim bir belgilanishlari: •G=(V, E), bu yerda G – graf, V – tugunlar, E – qirralar; • |V| – tugunlar soni; •|E| – graf o‘lchami (qirralar soni). Agar grafda boshi va oxiri bitta tugunda tutashadigan qirra mavjud bo‘lsa, unga ilmoqli qirra deyiladi. Xalqa(cycle) – bu boshi va oxiri tutashuvchi tugundan iborat yo‘l xisoblanadi: (4, 6, 7, 8, 3, 4) Tugun darajasi (vertex degree) – bu undan chiquvchi yoylar soni xisoblanadi. deg(7) = 2, deg(1) = 3 Teorema: G(V, E) GRAFDA UNING BARChA TUGUNLARI DARAJALARI YIG‘INDISI – JUFT , GRAFNING QIRRALARI SONINING IKKILANGANIGA TENG. TUGUNLAR JUFT(TOQ) DEYILADI, AGAR ULARNING DARAJALARI – JUFT(TOQ) QIYMATLI BO‘LSA. Teorema: IXTIYoRIY GRAFDA TOQ TUGUNLAR SONI – JUFT BO‘LADI Toq sonli toq tugunlardan iborat grafni chizib bo‘lmaydi. To‘liq graf (complete graph) – bu istalgan tugunlari qo‘shni bo‘lgan graf xisoblanadi. (barcha tugunlar o‘zaro birlashtirilgan) Grafni to‘ldiruvchisi bu aynan bir tugunlar va aynan bir qirralardan tashkil topgan va mavjud grafni to‘liq bo‘lishini ta’minlovchi grafga aytiladi. To‘liq, yo‘naltirilmagan grafda qirralar soni: D grafning to‘yinganligi (density): To‘yingan graf (dense graph) – bu qirralar soni bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimalga teng bo‘lgan graf xisoblanadi. (D>0.5) Siyrak raf (sparse graph) – bu qirralari soni tugunlar soniga yaqin bo‘lgan grafdir. (D<0.5) Graflarni tasvirlash usullari Graflarni kompyuterda ifodalash, ya’ni xotirada tashkil etish mumkin va uning ba’zi usullari: Qo‘shma matrisa ; Munosabat matrisasi; Qo‘shnilik ro‘yxati; Qirralar ro‘yxati. G grafning qo‘shma matrisasi bu n o‘lchamli A kvadrat matrisa bo‘lib, YO‘NALTIRILMAGAN GRAF UChUN: Aij = 1 agar i va j tugunlar yoylar bilan birlashtirilgan bo‘lsa Aij = 0 agar i va j tugunlar birlashtirilmagan bo‘lsa G grafning munosabat matrisasi bu n satr(tugunlar) va m ustunlar(qirralar) dan tashkil topgan V matrisa bo‘lib, unda: YO‘NALTIRILMAGAN GRAF UChUN: Bij = 1 agar i tugun j qirra bilan to‘qnashgan bo‘lsa Bij = 0 agar i tugun j qirra bilan to‘qnashmagan bo‘lsa YO‘NALTIRILGAN GRAF UChUN : Bij = -1 agar i tugun j yoyning boshi bo‘lsa Bij = 0 agar i tugun j yoy bilan to‘qnashmagan bo‘lsa Bij = 1 agar i tugun j yoyning oxiri bo‘lsa Qo‘shnilik ro‘yxati (qo‘shni tugunlar) (adjacency list) – bu A[n] massiv bo‘lib, A[i] xar bir elementi i tugun bilan qo‘shni uzellar ro‘yxatini o‘zida saqlaydi. Yoylar ro‘yxati (edges list) – qo‘shni uzellar yoylaridan iborat chiziqli ro‘yxatdir. Qo‘shma matrisa Graf: Munosabat matrisasi Qo‘shnilik ro‘yxati Yoylar ro‘yxati Graflarni ko‘rikdan o‘tkazish Grafni ko‘rikdan o‘tkazish (Graph traversal) – bu berilgan tugundan boshlab barcha tugunlarni ko‘rib chiqish prosedurasidir. Ikkita usuli mavjud: Tubiga qarab(Depth-First Search – DFS) Eniga qarab(Breadth-First Search – BFS) Bu usullar berilgan V tugundan boshlab bironta konteynerni qo‘llagan xolda barcha tugunlarni ko‘rib chiqadi. Tubiga qarab ko‘rishda stek qo‘llaniladi. Eniga qarab ko‘rishda navbat ishlatiladi. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling