4-mavzu: Matematika fani darslarida murakkab mavzularni o‘qitish samaradorligini oshirish usullari (4 soat amaliy).
Matematika darslarida murakkab mavzularni o‘qitish metodikasi. O‘qituvchilardagi bo‘shliqlarni aniqlash. Muammolarni hamkorlikda yechishga o‘rgatish. Mustaqil fikrlash, mustaqil yaratish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va loyihalar tuzish hamda o‘quv tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishga o‘rgatish.
5-mavzu: Matematika darslarini taskil etish, kuzatish va tahlil qilish (2 soat amaliy).
Dars, dars turlari, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish, texnologik xaritasini ishlab chiqish, o‘qitish usullarini tanlash va jarayonni tahlil qilish. Darsni tahlil qilish maqsadi. Darsni tahlil qilishni turlari: ilmiy tahlil, psixologik tahlil, metodik tahlil, didaktik tahlil, umumpedagogik tahlil. Matematika fanini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish.
6-mavzu: Matematika fanini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish (2 soat amaliy).
Elektron darsliklar. Ularni yaratishga qo‘yiladigan talablar va tamoyillar. Elektron darsliklarni qo‘llashning ijobiy jihatlari. Umumta’lim maktablari uchun joriy etilgan mul’timedia vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish. Mul’timedia mahsulotlaridan foydalanishning tashkiliy pedagogik hamda metodik asoslari. Mul’timedianing tarkibiy tuzilishi, undan dars jarayonida foydalanishning shakl va usullari.
7-mavzu: Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari (2 soat amaliy).
Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari. Ta’lim olish turlari. Onlayn va oflayn ta’lim. Masofaviy ta’lim.
8-mavzu: Fan bo‘yicha o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini aniqlash, tahlil qilish, o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari (2 soat amaliy).
Ilg‘or ish tajribalarini aniqlash, ular bilan ishlash va ommalashtirish. Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish bosqichlari, talablari va nizomlari. Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |