Аniq vа tаbiiy fаnlаr metodikаsi” kаfedrаsi ishchi o‘quv dasturi


Download 251.48 Kb.
bet1/18
Sana05.04.2023
Hajmi251.48 Kb.
#1276286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ISHCHI O`QUV DASTUR 2022 MATEMATIKA (oxirgi variant)





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


АNIQ VА TАBIIY FАNLАR METODIKАSI” KАFEDRАSI








ISHCHI O‘QUV DASTURI






TERMIZ – 2022-yil

Malaka yo‘nalishi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kimyo fani o‘qituvchilari









K I M Y O


TERMIZ-2022



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
TASDIQLAYMAN
Hududiy markaz direktori
________ U.D.Qodirov
2022-yil “__”-yanvar
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINI ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALGAN HOLDA TA’LIM OLISH SHAKLIDAGI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING
ISHCHI О‘QUV
DASTURI









Malaka yo‘nalishi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari matematika fani o‘qituvchilari

T ermiz – 2022-yil
Mazkur ishchi о‘quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 18-son buyrug‘iga asosan tayyorlandi.



Tuzuvchi: O.B.Berdiyeva – Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.






Taqrizchi:

M.Mirsaburov – Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori.









O‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari:



__________ I.Hojiboyev






“Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, ped.fan.nomzodi, dotsent:





_________ O.Berdiyeva




“Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri:



_________ M.Mamadaliyeva










Ishchi oʻquv dastur Surxondaryo viloyati XTXQT va UMO hududiy markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasining 2022-yil “___” - yanvardagi __-sonli, Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalarikafedrasining 2022-yil “___” - yanvardagi __-sonli yig‘ilish qarorlari bilan ma’qullangan va Hududiy markaz Ilmiy-metodik Kengashining 2022-yil “__”-yanvardagi __-sonli yig‘ilish qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Kirish
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari matematika fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Ishchi o‘quv dastur mazmuni umumiy о‘rta ta’lim muassasalari matematika о‘qituvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish,. АКТ va media savodxonlik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari, pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi, inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari, matematika fanidagi yangiliklar, matematikani o‘qitishning dolzarb masalalari, o‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalarini o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari matematika fani o‘qituvchilari malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat:
1. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
2. АКТ va media savodxonlik.
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbly rivojlanish masalalari.
4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi.
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari.
6. Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari.
7. O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari.

Download 251.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling