Xulosa va tavsiyalar…………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari…………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shaklga aylanmoqda. Ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o‘rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg‘arilgan axborot va bilimlarning 90 % so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta'limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko‘lamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Avvalo, ta'limda o`quvchilar maqomini yangilash, ularni ta'lim jarayonining faol sub'ektiga aylantirish ehtiyoji tug`iladi. Binobarin, bu masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya'ni o`quvchining ta'lim jarayoni sub'ektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog`liq. Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |