Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-tajriba. Nordon tuz olish


Download 4.05 Mb.
bet126/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

12-tajriba. Nordon tuz olish. Probirkaga so‘ndirilgan oxakli suvdan 2-3 ml quying va eritma orqali karbonat angidrid gazi o‘tkaz ing. Bunda eritma dastlab loyqalanib, so‘ngra tiniq holatga o‘tadi.
Topshiriq: nima uchun eritma dastlab loyqalanib, so‘ngra tiniq holatga o‘tadi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Rеaksiya tеnglamasini yozing.


Nazorat uchun savollar



  1. Quyidagi moddalarning foiz tarkibini hisoblang: a) o‘yuvchi kaliy KOH; b) karbonat kislota H2CO3; v) sulfit kislota H2SO3; g) xrom (II) xlorid CrCl2; d) CaSO4 kaltsiy sulfat.

  2. Qancha og‘irlik qism oltingugurt (IV) oksid SO2 tarkibida a) 4 g-atom oltingugurt; b) 8 g-atom kislorod bo‘ladi.

  3. Qancha gramm mis (II) oksid tarkibida a) 2 g-atom mis; b) 8 g-atom kislorod bo‘ladi.

  4. Qancha gramm bertole tuzi KClO3 tarkibida a) 195 g kaliy; b) 213 g xlor; v) 96 g kislorod bo‘ladi?


Mavzu : Alkanlarning gomologik qotori va izomeriyasi, nomeklaturasi va olinish usullari
METAN OLISH VA UNING XOSSALARINI O’RGANISH





Ishning bajarilishi


1- tajriba. Metanning olinishi va uning xossalari


Reaktiv va materiallar: sirka kislotaning natriyli tuzi, natron ohak, xlorid kislota (1:1), kerosin, benzin, bromli suv, kaliy permanganat eritmasi; quruq probirka, shtativ, chinni kosacha.
Quruq probirkaga uning 23 hajmigacha (2-3 g) natriy atsetat bilan natron ohak (1:2 og’irlik nisbatda) aralashmasidan solib, probirkani shtativ qisqichga qiyalatib o’rnating (13 – rasm). Probirkaning og’zini gaz o’tkazgich nayi bor tiqin bilan berkiting.



Rasm. Metan yoki etilen olish uchun ishlatiladigan asbob.

Ikkita probirkaning birinchisiga bromli suv, ikkinchisiga 1% li kaliy permanganat eritmasi soling va shtativga o’rnating. So’ngra aralashmali probirkani qizdiring, bunda quyidagi sxema bo’yicha metan ajralib chiqadi:


CH3COONa  NaOH  CH4  Na2CO3
Uning bir necha xossalari quyidagi reaksiyalar yordamida o’rganiladi:
a) ajralib chiqayotgan metanni bromli suv solingan probirkaga yo’naltiring. Eritmaning och qo’ng’ir rangi (sariq) o’zgarmaydi.
b) gaz o’tkazuvchan nay uchini kaliy permanganat eritmasi bo’lgan probirkaga tushiring, bunda ham eritmaning rangi o’zgarmaydi. Demak metan to’yingan uglevodorod: brom birikmaydi, kaliy permanganat ta’sirida oksidlanmaydi.
v) qizdirishni to’xtatmasdan, ajralib chiqayotgan gazni yoqing. Metan ko’kimtir rang hosil qilib yonadi:
CH4  2O2  CO2  2H2O



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling