Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Download 4.05 Mb.
bet129/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

Nazorat savollari:
1. Lipidlar qanday moddalar?
2. Yog’larni ajratishni qanday usulini bilasiz?
3. Yog’larni inson organizmi uchun qanday foydali taraflari bor?
4. Sut mahsulotlari tarkibidan yog’lar qanday ajratiladi?


Mavzu: O’simlik va havvon yoglarini kimyoviy tarkibini aniqlash



  1. tajriba. Yog’larning eruvchanligini aniqlash. Ishning bajarilishi. 20 ta probirka olib, ,ularni 2 gruppaga bo’lib, nomerlanadi. Xar ikkala gruppadagi probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin va uglerodsulfid quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning hammasiga bir necha tomchi paxta yoki boshqa o’simlik moyi, ikkinchi gruppadagi probirkalarga no’xat kattaligida mol yog’i solib, normal temperaturada eruvchanligi kuzatiladi, so’ng suv hammomida qizdirib ko’riladi. Kuzatish natijalari yozib qo’yiladi.
    2-tajriba. Yog’lardagi glitseringa xos reaksiya. Tabiiy yog’lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin glitserin bo’ladi, uni aniqlash uchun ma’lum mikdorda yog’ yoki moy olib, suv tortib oluvchi moda kaliy bisulfat ishtirokida qizdirilsa, o’tkir hidli akril aldegidakrolein ajraladi:
    Akrolein ajralganini aldegidga hos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Lipoidlar tarkibida erkin glitserin bo’lmaydi, shu sababli ular akrolein reaksiyasini bermaydi.
    Ishning bajarilishi. Probirkaga 0,5-1 ml paxta moyi quyiladi, ustiga 2-3 g kaliy bisulfat kristallaridan qo’shib mo’rili shkafda qizdiriladi, o’tkir hidli oq akrolein bug’lari ajraladi. Bug’larga kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr kogoz tutilsa, u qora rangga kiradi, fuksin-sulfit kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, pushti dog’ paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu har ikkala reaksiya aldegidlarga xos reaksiya bo’lib, akrolein ajralayotganini bildiradi.


    Laboratoriya ishi Yog‘larning sovunlanishi va yog’ kislotalar olinishi
    Kerakli asbob va reaktivlar: 50 ml li qizdirishga chidamli kolba, qaytar sovitkich yoki probirkaga o‘rnatilgan 60-70 sm uzunlikdagi shisha nay, suv hammomi, filtr qog‘oz, chinni kosacha, voronka, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha, kaliy gidroksidning spirtdagi 10% li eritmasi, konsentrlangan xlorid kislota, lakmus qog‘oz, efir, Na2S03ning 10% li eritmasi, fenolftaleinning spirtdagi 0,1% li eritmasi, kalsiy xloridning 5% li eritmasi, 10% li qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi, paxta moyi.
    Ishning bajarilishi. 50 ml li kolbaga 1 g mol yog‘i yoki paxta moyi olib, uning ustiga 10% li KON ning spirtli eritmasidan 10 ml quyiladi. Kolba og‘zi kaytar sovitkich sifatida uzunligi 60-70 sm bulgan shisha nay o‘rnatilgan probka bilan berkitiladi. SHundan keyin kolbadagi aralashma qaynayotgan suv hammomida 30-45 minut davomida qizdiriladi. Gidroliz tamom bo‘lganligiga ishonch hosil qilish uchun, kolbadagi aralashmadan shisha tayoqcha yordamida 1 tomchi olib: 2-3 tomchi suvda aralashtiriladi va filtr qog‘ozga tomizib quritiladi. Agar filtr qog‘ozda dog‘ qolsa, qizdirish davom ettiriladi, dog‘ qolmasligi esa gidroliz tamom bo‘lganini bildiradi.
    Gidroliz oxiriga etgach gidrolizatni chinni kosachaga olib, ustiga 10 ml suv Quyiladi va suv hammomida spirt to‘la uchib ketguncha qizdiriladi. SHundan keyin gidrolizatdan 3-4 ml olib, unga 3-4 tomchi konsentrlangan xlorid kislota qo‘shilsa, ajralib chiqqan erkin yog‘ kislotalar cho‘kadi.
    CHo‘kma filtrlanadi va distillangan suv bilan yuviladi, filtrat esa tashlab yuboriladi. CHukmani yuvish voronkadan o‘tayotgan suvning kislotaliligi lakmusga nisbatan neytral bo‘lguncha davom ettiriladi.
    Olingan toza yog‘ kislotalar cho‘kmasi 2 ml efirda eritiladi. Probirkaga 2 ml spirt quyib, uning ustiga 10% li soda eritmasndan 1 tomchi va fenolftalein eritmasidan 2 tomchi qo‘shiladi, suyuqlik pushti-qizil rangga bo‘yaladi. SHu qizil rangli suyuqlik ustiga yog‘ kislotalarning efirli eritmasi qo‘shiladi, natijada aralashmadagi soda bilan yog‘ kislotalar reaksiyaga kirishib, muhit neytrallanadi va eritma rangsizlanadi.



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling